Sakkiz karra “Oltin töp” sohibi Lionel Messi Ispaniyaning ikkinçi divizonida iştirok etayotgan “Eldense” klubini sotib oliş böyiça printsipial kelişuvga erişdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga köra, argentinalik futbolçi klubning amaldagi egalari bilan kelişuvga erişgan va uçinçi tomonlar iştirokisiz “Eldense” aktsiyalarining 100 foizini sotib olişi kutilmoqda. Biroq bitimni rasmiylaştiriş uçun huquqiy va şartnomaviy jarayonlar, jumladan, moliyaviy tekşiruvdan ötiş talab etiladi. Şuningdek, kelişuv Ispaniya Oliy sport kengaşi (CSD) tomonidan tasdiqlanişi kerak.
Messi 2026 yilda Ispaniya futbolidagi ikkinçi klubini sotib olişi mumkin. Joriy yilning aprel oyida uning Kataloniyada joylaşgan “Kornelya” klubini xarid qilgani maʼlum bölgan edi. “Eldense” esa Alikante viloyatining Elda şahrida joylaşgan.
“Marca”ning qayd etişiça, Messi faol futbolçilik faoliyatini yakunlaganidan keyin Kataloniya yaqinida yaşaşni rejalaştirmoqda.
Maʼlumot uçun, 39 yoşli Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida töp tepmoqda. U Yevropadagi faoliyati davomida “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublarida öynagan. Argentinalik futbolçi “Barselona” bilan Çempionlar ligasida tört marta, UEFA Superkubogida uç marta va klublar örtasidagi jahon çempionatida uç marta ğolib çiqqan.
Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon çempionatida ğolib bölgan, şuningdek, 2014 va 2026 yilgi mundiallarda finalga çiqqan. U 2008 yil Olimpiada çempioni va 2021 hamda 2024 yilgi Amerika kubogi ğolibi hisoblanadi.
Argentinalik futbolçi milliy terma jamoa safida 207 ta uçraşuv ötkazib, 125 ta gol urgan. U har ikki körsatkiç böyiça Argentina terma jamoasi rekordini örnatgan. Messi 2026 yilgi Jahon çempionatidan söng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan.









