Yengil vazn toifasida UFC sobiq çempioni Habib Nurmuhamedov taşkilot aktsiyalarining maʼlum qismini sotib olganini eʼlon qildi.
“Men hali ham UFC bilan birgaman. Taşkilot qisqa vaqtda omma eʼtiboriga tuşdi. U yerda mening kam sonli, lekin qadrdon muxlislarim bor. UFC'da juda katta istiqbollarni körmoqdaman. Aktsiyalarni sovğa sifatida berişmagani aniq. Menga sovğalar yoqmaydi”, deydi Nurmuhamedov.
Maʼlumot uçun, 2020 yil oktyabr oyida bölib ötgan UFC 254 turnirida 32 yoşli Nurmuhamedov Jastin Getjini ikkinçi raundda uçburçak böğiş usuli bilan mağlub etgandi. Jangdan keyin rossiyalik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. U MMA sportida ötkazgan 29 ta jangining barçasida, şu jumladan UFC promouşenida 13 ta jangda ğalaba qozongan.
Getjiga qarşi bahs, Habib uçun otasi — Abdulmanap Nurmuhamedov vafot etganidan keyingi birinçi va oxirgisi böldi. Joriy yilning 19 mart kuni UFC prezidenti Dena Uayt “burgut”ning “nafaqa”ga çiqqanini rasman tasdiqlagan edi.









