“Gazprom” Markaziy Osiyoga gaz eksportini 70 foizga oşirdi

“Gazprom” Markaziy Osiyoga gaz eksportini 70 foizga oşirdi

“Gazprom” 2026 yil boşidan buyon Qozoğiston, Özbekiston va Qirğizistonga gaz yetkazib beriş hajmini qariyb 70 foizga oşirdi. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksey Miller maʼlum qildi.

Miller özining Telegram-kanalida Rossiya neft va gaz sanoati xodimlari kuni arafasida ötkazilgan yiğilişda kompaniyaning Markaziy Osiyodagi natijalari haqida maʼlumot berdi. Uning taʼkidlaşiça, joriy yilda Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekistonga gaz yetkazib berişning umumiy hajmi qariyb 70 foizga oşgan.

“Bu yil Markaziy Osiyoda ham yaxşi natijalarga erişdik. Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekistonga yetkazib beriş hajmini jami qariyb 70 foizga oşirdik”, deya yozgan Miller.

Kompaniya rahbari Qirğiziston bilan uzoq muddatli hamkorlikka ham töxtaldi. Uning sözlariga köra, mamlakat yiliga taxminan 500 million kub metr gaz isteʼmol qiladi. Kelgusida işga tuşirilişi rejalaştirilayotgan energetika obʼektlarini, jumladan, TETS-2 va “Bişkekselmaş”ni yoqilği bilan taʼminlaş maqsadida tomonlar uzoq muddatli şartnomalar tuzgan.

Millerning maʼlum qilişiça, uşbu şartnomalar 2040 yilga qadar amal qiladi.

Şuningdek, Özbekistonga gaz yetkazib beriş hajmi ham sönggi yillarda oşgan. 2025 yilda “Gazprom” mamlakatga 6,48 milliard kub metr gaz yetkazib bergan. Bu 2024 yildagi körsatkiçdan 15 foizga köp.

Qayd etilişiça, Özbekistonga gaz Markaziy Osiyo – Markaz magistral gaz quvuri orqali yetkazib berilmoqda. Uşbu gaz quvuri hozirda revers (teskari yönaliş) rejimida işlamoqda.

Miller, şuningdek, kompaniyaning Rossiyadagi gaz taʼminoti va eksport yönalişlaridagi rejalariga ham töxtaldi. Uning aytişiça, “Gazprom” içki bozorda ösib borayotgan gaz talabini işlab çiqariş quvvatlarini rivojlantiriş hisobiga taʼminlamoqda.

Kompaniya Yamal yarimorolidagi Xarasavey gaz konini işga tuşiriş işlarini yakunlaş arafasida. Şuningdek, Çonskaya konlari guruhi uçun gaz infratuzilmasi ham işga tuşirişga deyarli tayyor. Millerning taʼkidlaşiça, bu loyihalar Yamal va Yoqutistondagi asosiy gaz qazib oliş markazlarining işlab çiqariş quvvatlarini yangi darajaga olib çiqiş imkonini beradi.

Bildirilişiça, “Gazprom” yer osti gaz saqlaş inşootlarini rivojlantiriş işlarini ham davom ettirmoqda. Kompaniya rahbariga köra, 2026 yilda yer osti omborlaridagi gazning operativ zaxirasi 73 milliard 296 million kub metrga yetkaziladi. Bu Rossiya gaz sanoati uçun yangi tarixiy rekord bölişi kutilmoqda.

Hozirda Rossiyadagi yer osti gaz omborlari maqsadli hajmning 90 foiziga töldirilgan. Miller isitiş mavsumi boşlanişiga qadar omborlar töliq töldirilişini aytdi.

Kompaniya Xitoy bilan ham gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda. Direktorning maʼlum qilişiça, “Sibir kuçi” gaz quvuri orqali Xitoyga yetkazib berilayotgan gaz hajmi joriy yilda ham yangi sutkalik rekordlarni qayd etmoqda. Şuningdek, 2027 yil yanvar oyida Xitoyga gaz yetkazib beriş uçun yangi – “uzoq şarq” yönalişidagi eksport gaz quvurini işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Miller kompaniya Rossiya sanoati bilan hamkorlikda yangi texnologiyalar va uskunalar yaratiş işlarini davom ettirayotganini ham qayd etdi. U misol sifatida “Gazprom” buyurtmasi asosida işlab çiqilgan dengizda foydalanişga möljallangan vertolyotning seriyali işlab çiqarilişi boşlanganini keltirdi.


Teglar:
×