Qirğiziston prezidenti: "Afğonistondagi jangarilarning homiylari Markaziy Osiyoga “köz tikişgan”

Qirğiziston prezidenti: "Afğonistondagi jangarilarning homiylari Markaziy Osiyoga “köz tikişgan”

Afğonistondagi terrorçilar taşqi homiylarining Markaziy Osiyoga uzoq muddatli rejalari bor. Bu haqda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Moskvadagi Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) sammitida maʼlum qildi.

“KXŞTning janubiy çegaralaridagi vaziyat ğoyat taşvişli bölib qolmoqda, birinçi navbatda ayrim afğon viloyatlaridagi radikal diniy terrorçi tuzilmalarning qarşiliksiz faoliyati tufayli, ular taşqi homiylarining Markaziy Osiyoga uzoq muddatli rejalari bor”, - dedi Japarov.

Qirğiziston yetakçisining sözlariga köra, afğon muammosi KXŞTning diqqat markazida bölişi kerak, bu yönalişda siyosiy-diplomatik va xavfsizlikning harbiy texnik çoralarini amalga oşiriş zarur.

×