Jangarilarning Yaqin Şarqdan boşqa mintaqalarga köçirilişi Afğonistondagi terrorçilik taşkilotlarining mavqeini mustahkamlaydi va Markaziy Osiyo mintaqasi uçun jiddiy xavf hisoblanadi. Buni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bugun, 18 oktyabr kuni Duşanbeda öz işini boşlagan Terrorizmga qarşi kuraşda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik böyiça yuqori darajadagi konferentsiyada sözlagan nutqida taʼkidladi.
“Hozirgi şaroitda Yaqin Şarqdan terrorçi jangçilarning boşqa mintaqalarga köçirilişi va şu munosabat bilan Afğonistonda xalqaro terrorçilik taşkilotlari pozitsiyalarining mustahkamlanişi Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun jiddiy xavf tuğdirmoqda”, deydi Rahmon.
Unga köra, terrorçi guruhlar özlarining oğir geografik va iqlim şaroitlaridan foydalanib, çekka hududlarda çegarani kesib ötişga urinişlarini töxtatmayapti. Mintaqa xavfsizligiga jiddiy tahdidlar qatorida Rahmon ekstremistik ğoyalarni yoşlarga singdiriş va ekstremistlarning uxlab yotgan yaçeykalari mavjudligini körsatdi.
“Afsuski, dunyoning ayrim mintaqalarida terrorizmning turli körinişlari oqlanib, ekstremistik mafkura şiorlari ostida ayrim guruhlar ongiga singdirilmoqda”, deydi Prezident.
Rahmon xalqaro va mintaqaviy taşkilotlarning salmoqli işlariga qaramay, mamlakatlarda uşbu xavfli hodisani aniqlaşda yagona terminologik va huquqiy yondaşuv mavjud emasligini urğuladi.
“Barça manfaatdor tomonlar terrorizm va ekstremizmning batafsil talqinini, şuningdek, ularga qarşi kuraşiş böyiça umumiy yondaşuvlarni qabul qilmagunça, uşbu aksilinsoniy hodisalarga qarşi kuraşda mamlakatlarning saʼy-harakatlarini muvofiqlaştiriş amalda imkonsiz bölib qoladi”, deya xulosa qildi Prezident.









