Kiyevga ommaviy zarba: Rossiya nişonlar röyxatini oçiqladi

Kiyevga ommaviy zarba: Rossiya nişonlar röyxatini oçiqladi

Rossiya Kiyev şahri va Kiyev viloyatidagi transport infratuzilmasi obʼektlari hamda logistika markazlariga ommaviy zarba berdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, hujum yuqori aniqlikdagi quruqlikdan uçiriladigan qurollar va uzoq masofali uçuvçisiz uçiş apparatlari yordamida amalga oşirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevdagi nişonlardan biri “Darnitsa” lokomotiv deposi bölganini bildirgan. Vazirlik iddaosiga köra, uşbu korxonada Ukraina Qurolli kuçlari ehtiyojlari uçun foydalaniladigan lokomotivlar taʼmirlangan va ularga texnik xizmat körsatilgan.

Şuningdek, Kiyev viloyatidagi nişonlar qatorida “Nova Poshta” kompaniyasining yirik saralaş majmuasi hisoblangan “Brovari” logistika markazi ham tilga olingan. Rossiya tomoni bu yerda uzoq va örta masofali dronlar uçun butlovçi qismlar hamda tayyor mahsulotlar saqlanganini daʼvo qilgan.

Bundan taşqari, Rossiya Mudofaa vazirligi bugun, 22 avgust kuni Çernomorsk va Yujniy portlarida Ukraina Qurolli kuçlari uçun möljallangan harbiy mulk omborlari hamda yoqilği-moylaş materiallari saqlanadigan rezervuarlarga ham zarba berilganini maʼlum qilgan.

Eslatib ötamiz, keça, 21 avgust kuni Rossiya dronlarining Ukraina markazidagi Krivoy Rog şahridagi savdo markaziga bergan zarbalari oqibatida kamida 16 kişi halok bölib, 130 dan ortiq odam jarohatlangandi.


×