Rossiya “döstona bölmagan davlatlar” röyxatiga 49 mamlakatni kiritdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, “döstona bölmagan davlatlar” tuşunçasi Rossiya qonunçiligida 2018 yilda paydo bölgan. Dastlab bu maqom faqat ikki davlat – Çexiya va AQŞga berilgan edi. Sababi öşanda ular Rossiyaga qarşi sanktsiyalar kiritib, rus diplomatlarini çiqarib yuborgan.
Bildirilişiça, 2022 yilda “döstona bölmagan davlatlar” röyxati keskin kengaydi: Yevropa Ittifoqi davlatlari, NATO davlatlari (Turkiyadan taşqari), ularning dunyoning boşqa qismlaridagi ittifoqçilari.
“Kimni “duşman” deb hisoblaş va unga qarşi qanday çoralar körişni Prezident (Vladimir Putin) hal qiladi”, deyiladi xabarda.
Naşrga köra, “duşmanlar” röyxatini tuziş odatda xavfli iş hisoblanadi. Bu xalqaro siyosatda qabul qilinmaydi. Misol uçun, Qöşma Ştatlarda “terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlatlar”ning rasmiy röyxati mavjud. Bu Davlat departamenti tomonidan tuziladi va unda bölgan davlatlar eng qattiq çeklovlarga duçor böladi.
Amerika röyxatining Rossiya röyxatidan eng muhim farqi şundaki, çeklovlar “xudbinlik” (“bizni sevmaydiganlar”) asosida emas, balki “jahon hamjamiyatiga xavf tuğdiradigan”larga nisbatan qöllaniladi.
Rossiya uçun “döst bölmagan davlatlar” röyxati: Avstraliya, Albaniya, Andorra, AQŞ, Bahama orollari, Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi, Islandiya, Kanada, Lixtenşteyn, Mikroneziya, Monako, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, San-Marino, Şimoliy Makedoniya, Singapur, Tayvan, Ukraina, Çernogoriya, Şveytsariya, Yaponiya.









