AQŞ Prezidenti Donald Tramp butun dunyo böylab önlab davlatlarga boj stavkalarini joriy qilmoqda, jumladan Özbekiston tovarlariga ham. Eng yuqori bojlar Xitoy, Vetnam va Kambodja mahsulotlariga qöllanildi. Bu haqda Trampning tegişli farmoyişi eʼlon qilindi.
Donald Tramp AQŞ iqtisodiyotda favqulodda holat eʼlon qilib, şu orqali bojlarni belgilaş böyiça keng vakolatlarga ega bölgan. AQŞ Prezidentining farmonida aytilişiça, muvozanatsiz tarif stavkalari va ikki tomonlama savdo munosabatlaridagi özaro tenglikning yöqligi, jumladan, AQŞ savdo balansidagi kamomad, mamlakat milliy xavfsizligiga ğayrioddiy va favqulodda tahdid solmoqda.
Oq uy rahbariga köra, AQŞ boşqa davlatlarning Amerika mahsulotlarga nisbatan qöllayotgan umumiy boj stavkalarini hisoblab çiqadi va şunga mos ravişda uning yarmiga teng stavkani örnatadi.
Tramp körsatgan jadvalga köra:
- Yevropa Ittifoqi uçun boj stavkasi 20 foiz,
- Tayvan – 32 foiz;
- Yaponiya – 24 foiz;
- Janubiy Afrika – 30 foiz;
- Şveytsariya – 31 foiz.




Birlaşgan Qirollik, Misr, Turkiya, Kolumbiya, Peru, Argentina, Çili, Singapur va Özbekiston kabi davlatlar uçun minimal 10 foizlik asosiy boj belgilangan.
Şuningdek, AQŞ Prezidenti boj stavkasini nolga tuşiriş usulini ham taklif qilmoqda – buning uçun mahsulot va tovarlarni AQŞda işlab çiqariş kerak. Uning sözlariga köra, özaro bojlar AQŞ uçun “oltin davr”ni boşlab beradi va “iş örinlari hamda fabrikalar şovqin bilan AQŞga qaytadi”.
Bundan taşqari, bugun, 3 apreldan boşlab AQŞ yengil avtomobillar, yengil yuk maşinalari va avtoulov ehtiyot qismlari importiga ham 25 foiz boj joriy qiladi.
Donald Tramp hatto heç kim yaşamaydigan Xerd va MakDonald orollariga ham 10 foizlik boj qöydi. Uşbu orollarning aholisi 0 kişi, biroq u yerda pingvinlarning ulkan populyatsiyasi joylaşgan. Dunyodagi eng olis quruqlik joylaşgan hudud Hind okeanining janubiy qismida bölib, Xerd va MakDonald orollaridan iborat. Ular Avstraliyaning taşqi hududlari hisoblanadi.
“Trampning Xitoyga nisbatan joriy etgan yangi boj stavkalari avvalgilarga qöşildi va natijada Xitoy importiga qöllaniladigan umumiy boj 54 foizga yetdi”, deb maʼlum qildi AQŞ Moliya vaziri.









