Özbekistonda murakkab şaroitlarda işlaydigan “Madad” milliy köp tarmoqli maxsus qutqaruv markazi taşkil etiladi. Bu haqda bugun, 20 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan favqulodda vaziyatlarga tezkor javob beriş tizimini takomillaştiriş, suv omborlari va ularga tutaş hududlardan foydalanişni tartibga soliş hamda xavfsizlikni taʼminlaş böyiça taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, şaharlarning kengayişi, texnologik rivojlaniş va iqlim özgarişi qutqaruv xizmati oldiga yangi vazifalar qöymoqda. Ayni paytda ayrim yonğin-qutqaruv qismlarining joylaşuvi, binolari va texnikasi tezkor yordam körsatiş talablariga töliq javob bermaydi.
Davlat rahbari tizimni yangilaşda asosiy mezon inson hayotini saqlab qoliş bölişi kerakligini taʼkidlagan. Buning uçun “oltin daqiqa” qoidasini amaliyotga joriy etib, şahar hududlarida qutqaruvçilarning yetib keliş vaqtini 5-7 daqiqaga, şahar markazlaridan taşqari hududlarda esa 15-20 daqiqaga tuşiriş vazifasi qöyilgan.
Aholisi 250 mingdan ortiq tuman va şaharlardagi 25 ta yonğin-qutqaruv qismini qayta taşkil etiş va zamonaviy texnika bilan taʼminlaş rejalari haqida axborot berilgan. Şuningdek, murakkab şaroitlarda işlaydigan “Madad” milliy köp tarmoqli maxsus qutqaruv markazi, aviatsiya-qutqaruv bölimi hamda favqulodda vaziyatlarni boşqariş böyiça ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş taklif etilgan.
“112” yagona dispetçerlik xizmati faoliyatini takomillaştiriş, murojaat kelib tuşgan paytdan uning ijrosigaça bölgan jarayonni kuzatiş, tegişli xizmatlar örtasida axborot almaşinuvini kuçaytiriş masalalariga ham eʼtibor qaratilgan. Sohada raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan kengroq foydalaniş zarurligi qayd etilgan.









