Mançester Siti” klubi Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov bilan şartnomani 2031 yilgaça uzaytiriş arafasida turibdi. Bu haqda “The Athletic” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, “şaharliklar” Husanov bilan muzokaralarni deyarli yakunlagan. Şuningdek, klub belgiyalik hujumçi Jeremi Doku bilan ham 2031 yilgaça amal qiladigan yangi uzoq muddatli şartnoma imzolaşni rejalaştirmoqda.
Abduqodir Husanov 2025 yil yanvar oyida Frantsiyaning “Lans” klubidan “Mançester Siti” safiga qöşilgan edi. Özbekistonlik markaziy himoyaçi dastlab klub bilan 2029 yilgaça möljallangan şartnoma imzolagandi. Endi esa klub rahbariyati unga yaxşilangan şartlar asosida yangi bitim taklif qilmoqda.
Qayd etilişiça, bu qaror nafaqat Husanovning barqaror va işonçli öyinlari uçun munosib rağbat, balki klubning qimmatli aktivini Yevropaning yetakçi jamoalari qiziqişidan asrab qolişga qaratilgan strategik qadam ham hisoblanadi. Şuningdek, yangi şartnomaga muvofiq, Abduqodir Husanovning oylik maoşi sezilarli darajada oşirilişi kutilmoqda.
Maʼlumot uçun, ötgan mavsum yakunlanganidan keyin jamoa boş murabbiyi Pep Gvardiola lavozimini tark etdi. Yangi mavsumdan boşlab “Mançester Siti”ni Entso Mareska boşqaradi.









