Keça, 4 fevral kuni Angliya Liga kubogi yarim final uçraşuvi bölib ötdi. Unda “Mançester Siti” öz maydonida “Nyukasl”ni 3:1 hisobida mağlub etib, final yöllanmasini qölga kiritdi.
Mazkur bahsda Abduqodir Husanov öyinni asosiy tarkibda boşlab, maydonda töliq 90 daqiqa harakat qildi. Dastlab uçraşuvning 7-daqiqasida Omar Marmuş hisobni oçdi. 29-daqiqaga kelib esa Marmuşning özi dubl qayd etib, jamoasining ikkinçi golini kiritdi. Oradan uç daqiqa ötib, 32-daqiqada Tijani Reynders hisobni yiriklaştirdi – 3:0.
Ikkinçi bölimda Pep Gvardiola şogirdlari hisobdan kelib çiqib, bir oz xotirjam harakat qildi. 62-daqiqada Entoni Elanga mezbonlar darvozasini işğol qildi, ammo uçraşuv yakuniga qadar boşqa hisob özgarmadi.
Şu tariqa, “şaharliklar” ikki öyin natijasiga köra umumiy 5:1 hisobda “Nyukasl”ni taslim etib, Liga kubogi finaliga yöl oldi. Hal qiluvçi bahsda “Mançester Siti”ga Londonning “Arsenal” jamoasi raqiblik qiladi. Ayni paytda uşbu jamoalar APL turnir jadvalida birinçi va ikkinçi örinlarni egallab turibdi.









