“Siti” Husanov bilan vaqtinça xayrlaşmoqçi

“Siti” Husanov bilan vaqtinça xayrlaşmoqçi

Angliyaning “Mançester Siti” klubi özbekistonlik himoyaçisi Abduqodir Husanovni ijaraga bermoqçi. Bu haqda “Thehardtackle” xabar berdi.

Manbaga köra, “şaharliklar” rahbariyati futbolçini ösişdan töxtab qolmasligi va köproq öyin amaliyotiga ega bölişi uçun ijaraga beriş variantini körib çiqadi.

“Siti” futbolçi jamoaga allaqaçon moslaşib ulgurganiga işonadi, biroq uni vaqtinça boşqa jamoada öynaşi tarafdori, çunki jamoadagi kuçli raqobat tufayli Husanov öyin amaliyotisiz qolişi mumkin.

Maʼlumot uçun, Abduqodir Husanov hozirga qadar “Siti” safida 9 ta öyinda maydonga tuşdi, biroq u jamoasining oxirgi 5 ta öyinida qatnaşmadi. “Transfermarkt” tomonidan 35 million yevroga baholangan özbekistonlik futbolçining “Siti” bilan şartnomasi 2029 yilgaça möljallangan.


Teglar:
×