15 yoşli qozoğistonlik futbolçi Karim Mendikanov Ispaniyaning “Barselona” klubi bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda u özining Instagram sahifasi orqali maʼlum qildi.
Karim Mendikanov faoliyatini klubning maşhur “La Masiya” akademiyasida davom ettiradi.
“Hayotimdagi orzum bölgan klub bilan şartnoma imzolaganimdan juda faxrlanaman”, deb yozdi Mendikanov.
Karim Mendikanov futbolçilik faoliyatini Qozoğistonning “Astana Junior” klubida boşlagan. U 2021 yilda Arystan Cup turnirining eng yaxşi hujumçisi deb topilgan.
2022 yilda u Ispaniyaga köçib ötib, mahalliy “Serdanola” va “Sant-Kugat” klublarining U-15 jamoalari safida töp surdi.
Joriy yilning aprel oyida Mendikanov yangi mavsumdan boşlab “Barselona”ga ötişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi esa u rasman kataloniyaliklar bilan şartnoma imzoladi va “Barselona” tarixida şartnoma tuzgan ilk qozoğistonlik futbolçiga aylandi.









