2026 yil 1-yarim yilligi davomida Özbekistonda 12 ta yangi masjid davlat röyxatidan ötkazildi. Şuningdek, 41 ta masjidda rekonstruktsiya işlari, 10 ta masjidda kapital taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömita tomonidan joriy yilning birinçi yarim yillik davri hisobotida qayd etildi.
Maʼlum qilinişiça, hisobot davrida mazkur tizim doirasida 223 mingdan ortiq maʼrifiy va profilaktik tadbirlar ötkazilgan. Şuningdek, qayd etilişiça, bugungi kunda respublikada 2 160 ta masjid, 14 ta islom taʼlim muassasasi (şundan 4 tasi oliy va 10 tasi örta maxsus) hamda 5 ta ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritmoqda.
2026 yilning dastlabki 6 oylik davomida esa 12 ta yangi masjid davlat röyxatidan ötkazilgan. Şu bilan birga, 41 ta masjidda rekonstruktsiya işlari, 10 ta masjidda kapital taʼmirlaş işlari amalga oşirilgan.
Maʼlumot uçun, bu körsatkiç butun 2025 yilgi raqamga nisbatan 4 barobar köp. Din işlari böyiça qömitaning 2025 yil davomida amalga oşirilgan işlar yuzasidan bergan hisobotida Özbekistonda jami 3 ta yangi masjid, şuningdek, Navoiy viloyatida 1 ta noislomiy diniy taşkilot davlat röyxatidan ötkazilgani maʼlum qilingandi.
Qömita maʼlumotlariga köra, joriy yil yanvar-iyun oylarida 15 000 nafar fuqarolar “Haj” safari va 10 650 nafar fuqarolar “Umra” safariga borgan. Şuningdek, ilk bor 100 nafar özbekistonlik “Prezident hojilari” sifatida haj amallarini bajargan.
Qayd etilişiça, 35 nafar malakali diniy soha xodimlari AQŞ, Kanada, Rossiya, J.Koreya va Yevropa davlatlariga xizmat safarlari bilan tarğibot-taşviqot işlarini amalga oşiriş maqsadida yuborilgan.
Qömitaga köra, bugungi kunda respublikada 199 ta noislomiy diniy taşkilot faoliyat yuritmoqda. Hisobot davrida mazkur taşkilotlar rahbarlari iştirokida 5 ta hududiy seminar taşkil qilinib, diniy-maʼrifiy sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilgan.
Şuningdek, ularning 7 ta diniy bayramini “uyuşqoqlik” bilan ötkaziş taʼminlangan. Jumladan, Rojdestvo, Pesax, Pasxa, Buddaning tuğilgan kuni hamda boşqa diniy bayramlar keng nişonlanib, ular ommaviy axborot vositalari orqali yoritilgan.









