Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining fazilatlarni tarğib qiliş va yomonliklarning oldini oliş vaziri Xolid Hanafiy Özbekiston haqida tanqidiy bayonot berib, bir vaqtlar islom tsivilizatsiyasi va ilm-fanining eng muhim markazlari bölgan Samarqand, Buxoro va Termiz şaharlarida bugun Islomning faqat nomi qolganini daʼvo qildi. Bu haqda u joriy yilning 10 iyul kuni Afğonistonning janubiy-şarqiy viloyatlaridan kelgan ulamolar bilan uçraşuvda gapirdi.
Vazir Islom ummatiga rahbarlik qiliş vazifasi ulamolar zimmasida bölişi lozimligini qayd etgan va Özbekiston diniy ulamolarini ham tanqid qilgan. Şuningdek, “Tolibon” mulozimiga köra, Özbekiston boy islomiy merosga ega bölişiga qaramay, Islomdan ança uzoqlaşgan.
Biroq Afğonistondagi hukumat Özbekiston haqidagi uşbu bayonot mutlaqo haqiqatga töğri kelmasligini bildirib, uni keskin rad etdi. Bu haqda fazilatlarni tarğib qiliş va yomonliklarning oldini oliş vazirligining Afğonistondagi Özbekiston Respublikasi elçixonasiga yöllagan raddiyasida söz borgan. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tomonidan taqdim etildi.
Bildirilişiça, Özbekistonning Qobuldagi elçixonasi uşbu xabarlar yuzasidan zudlik bilan tegişli örganiş işlarini olib borgan. Bugun, 16 iyul kuni Qobuldagi Özbekiston elçixonasi nomiga fazilatlarni tarğib qiliş va yomonliklarning oldini oliş vazirligi tomonidan raddiya murojaati kelib tuşgan.
Qayd etilişiça, unda ayrim doiralar va ommaviy axborot vositalari vaqti-vaqti bilan ikki qardoş davlat örtasidagi işonç va yaxşi qöşniçilik munosabatlari muhitiga putur yetkazişga va faktlarni buzib, ularni notöğri talqin qiliş orqali özlarining ğayrli maqsadlariga erişişga harakat qilişi taʼkidlangan.
Jumladan, raddiya murojaatida quyidagilar keltirilgan:
“Birodar Özbekiston böyiça pozitsiyamiz aniq. Uşbu yurt islom ummatining köplab buyuk ulamolari, jumladan Imom Buxoriyning muqaddas Vatanidir. Afğoniston va Özbekiston örtasida çuqur diniy, tarixiy, madaniy va xalqlar muştarakligi mavjud. Biz uşbu munosabatlar va öxşaşliklarni alohida qadrlaymiz.
Şu bois, ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston deb salbiy talqin qilingan bayonot va çiqişlar haqiqatga mutlaqo töğri kelmaydi. Biz bunday daʼvolarni qatʼiyan rad etamiz va ularni faktlarni buziş, deb ataymiz”.
Şuningdek, raddiyada ikki davlat örtasidagi birodarlik, özaro hurmat va yaxşi munosabatlar muhiti bundan keyin ham yanada mustahkamlanişiga işonç bildirilgan.









