Kitobda quturiş kasalligi tarqaldimi?

Kitobda quturiş kasalligi tarqaldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida bir oilaning uç nafar aʼzosida quturiş aniqlangani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 10 iyul kuni Kitob tumanida istiqomat qiluvçi, 1979 yilda tuğilgan fuqaro xavfli yuqumli kasallikdan şubha qilingan holda şifoxonaga yotqizilgan. Ötkazilgan epidemiologik örganiş jarayonida fuqaro bundan taxminan bir oy avval tulki bolasi tomonidan tirnalgani aniqlangan. Şundan söng u 11 iyul kuni vafot etgan. Hozirda fuqaroning ölim sababini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Bundan taşqari, marhum bilan aloqada bölgan uç nafar fuqaro ehtiyot çorasi sifatida tibbiy nazoratdan ötkazilgan. Tekşiruv natijalariga köra, ularda quturiş kasalligiga xos klinik belgilar aniqlanmagan.

Hozirda uşbu fuqarolar şifokorlar kuzatuvida bölib, ularga kasallikning oldini oliş maqsadida zarur emlaş tadbirlari amalga oşirilmoqda.

Rasmiylar aholini tasdiqlanmagan maʼlumotlarga işonmaslikka, ijtimoiy tarmoqlarda esa tekşirilmagan xabarlarni tarqatmaslikka çaqirmoqda.

“Şu örinda fuqarolardan ortiqça xavotirga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan esa asossiz va tekşirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni söraymiz”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×