Germaniyaning Kyoln şahrida Ikkinçi jahon uruşi davridan qolgan bomba topildi. Hodisa sabab yaqin atrofdagi bolalar şifoxonasi evakuatsiya qilindi. Bu haqda WDR xabar berdi.
Naşrning yozişiça, 500 kilogramm oğirlikdagi Amerika bombasi Kyoln-Nippes hududidagi Yoxannes-Gisberts boği yaqinida keça, 10 iyul kuni ertalab parkni obodonlaştiriş işlaridan oldin ötkazilgan tekşiruvlar çoğida aniqlangan. Öşa kuni tuşdan keyin hudud evakuatsiya qilinib, soat 15:15 atrofida mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli zararsizlantirilgan.
Xavfsizlik çorasi sifatida Amsterdam ştrasse köçasidagi bolalar şifoxonasidan 60 nafar bemor, jumladan, muddatidan oldin tuğilgan çaqaloqlar, ularning ota-onalari hamda tibbiyot xodimlari vaqtinça boşqa şifoxonaga köçirilgan. Şuningdek, bomba atrofida 500 metr radiusda xavfli hudud belgilanib, taxminan 4300 nafar aholi evakuatsiya qilingan.
Şuningdek, bomba zararsizlantirilişi jarayonida hududdagi ayrim yöllar yopilgan va atrofdagi aholi uçun çeklovlar joriy etilgan. Jumladan, Innere Kanalştrasse, Amsterdam ştrasse va Ştammxaymer ştrasse kabi asosiy yöllar, şuningdek Zoobryukke (Hayvonot boği köprigi) orqali harakat ham vaqtinça töxtatilgan. Bu esa şaharning bir qator hududlarida katta transport tirbandliklarini keltirib çiqargan.
Maʼlum qilinişiça, bolalar şifoxonasining şoşilinç tibbiy yordam bölimi evakuatsiya tufayli vaqtinça yopilgan. Bemorlar esa Xolvayde şahar şifoxonasiga joylaştirilgan bölib, ularni keyingi kuni yana öz şifoxonasiga qaytariş rejalaştirilgan.









