Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boşlab:
• 37 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnoma bekor qilinadi;
• 16 ta litsenziya va 11 ta ruxsatnoma birlaştiriş yöli bilan bekor qilinadi;
• 17 ta litsenziya va 14 ta ruxsatnomalar xabardor qiliş tartibi joriy etilişi yöli bilan bekor qilinadi;
• 14 ta turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş muddatlari qariyb 2 baravarga qisqartiriladi;
• 115 ta litsenziya va ruxsat beriş xususiyatiga ega hujjatlarni oliş tartib-taomillari yanada soddalaştiriladi.
Farmonga köra, xabardor qiliş tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uçun rasmiylaştirilgan litsenziya yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilişi öz kuçida qoladi va uşbu faoliyat (harakat)ni amalga oşiriş uçun vakolatli organni xabardor qiliş talab etilmaydi.
2021 yil 1 yanvardan boşlab:
turizm faoliyatini litsenziyalaşda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlaş ixtiyoriy etib belgilanadi.
quyidagilar bekor qilinadi:
• kredit byurolari faoliyatini litsenziyalaşda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almaşinuvini amalga oşirişga roziligini tasdiqlovçi hujjat mavjudligi talabi;
• dori vositalari va tibbiy buyumlarni çakana realizatsiya qiliş faoliyatini litsenziyalaşda uşbu faoliyat uçun litsenziyaga ega bölgan yuridik şaxslar tomonidan ularning xuddi şunday faoliyat bilan şuğullanuvçi filiallari taşkil etilganda har bir filial manzilini asosiy litsenziyada körsatiş amaliyotini joriy qiliş orqali filiallarga alohida litsenziya rasmiylaştiriş amaliyoti;
• yer qaʼri uçastkalaridan foydalaniş huquqi uçun litsenziya olişda talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olişni talab qiliş tartibi.









