Misr milliy terma jamoasi boş murabbiyi Hussam Hasan Argentinaga qarşi Jahon çempionatining 1/8 final uçraşuvidan keyin FIFA Argentinaga yon bosayotganini aytdi. Bu haqda u öyindan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Uning fikriça, amaldagi jahon çempionlarining 3:2 hisobidagi ğalabasi adolatsiz bölgan va bunda musobaqani taşkil etuvçi FIFA’ning manfaatlari ham rol öynagan.
Avvalroq, Misr terma jamoasi Argentinaga qarşi bahsda 79-daqiqaga qadar ikki töp farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, uçraşuvni 2:3 hisobida boy bergan edi. Hasan öyin yakunida hakam bilan tortişib qolgani uçun sariq kartoçka ham oldi.
“Biz amaldagi jahon çempionlaridan har tomonlama ustun öynadik. Biroq natijaga nafaqat maydondagi, balki undan taşqaridagi omillar ham taʼsir qildi. Balki ular jahon çempionini musobaqada saqlab qolişni xohlagandir, balki Lionel Messining turnirda iştirokini davom ettirişni istagandir. Futbolda baʼzan texnik jihatlardan taşqari omillar ham hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi. Jahon çempionlari barça darajada qöllab-quvvatlandi”, deydi Hasan.
Uning taʼkidlaşiça, uçraşuv natijasiga işoniş qiyin.
“Hayotning özi adolatsiz. Şunday ekan, nega sportda ham adolat bölmasligi kerak? Men bu natijaga ham, öyinning qanday keçganiga ham işonmayman. “Omadsizlik” deb ataşni istardim, ammo bizga nisbatan adolatsiz munosabat böldi. Bu noqonuniy edi. Men hakamga ham Argentinaning ğalabaga munosib emasligini aytdim. Mamlakatimga qaytganimdan keyin boşqa heç qaçon Jahon çempionatini tomoşa qilmayman, çunki bu musobaqada adolat yöq”, deydi misrlik mutaxassis.
Hussam Hasan öz fikridan qaytmasligini ham qöşimça qildi.
“Oqibati qanday bölişidan qatʼi nazar, öylaganimni aytaman. Bu öyin aniq soxtalaştirilgan edi va butun dunyo buni kördi. Agar ular Argentinaning ğalaba qozonişini şunçalik xohlagan bölsa, nega boşqa jamoalarni ham musobaqaga çaqirişadi? Jahon çempionati marketing industriyasiga aylanib qolgani aniq”, deya xulosa qildi Misr terma jamoasi ustozi.
Maʼlumot uçun, Argentina çorak finalda Şveytsariyaga qarşi maydonga tuşadi. Jahon çempionati AQŞ, Kanada va Meksikada davom etmoqda va musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni yakuniga yetadi.









