Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino “Real Madrid” boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub matbuot xizmati xabariga köra, Mourinoning şartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Bugun, 11 iyun kuni Florentino Peres raisligida ötgan “Real Madrid” direktorlar kengaşi yiğilişida Joze Mourinoni keyingi uç mavsum uçun — 2029 yil 30 iyungaça asosiy jamoa boş murabbiyi etib tayinlaş töğrisida qaror qabul qilingan.
Bayonotda taʼkidlanişiça, Mourino joriy yilning 13 iyul kuni, jamoaning mavsumoldi yiğini boşlanadigan sanada “Real Madrid” safiga qöşiladi.
Maʼlumot uçun, portugaliyalik mutaxassis 2010–2013 yillarda ham madridliklar jamoasini boşqargan. Uning rahbarligi ostida “Real Madrid” Ispaniya çempionligi va Ispaniya Kubogi sohibi bölgan.









