Özgidromet şoşilinç ogohlantiriş bilan çiqdi

Özgidromet şoşilinç ogohlantiriş bilan çiqdi

Joriy yilning 8–13 iyul kunlari kutilayotgan yomğirlar sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Özgidromet ogohlantiriş bilan çiqdi.

Jumladan:

  • Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida hamda Angren, Olmaliq şaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
  • Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida hamda Xonobod şahrida sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söraldi.

Şuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi ehtimoli borligi, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkinligi qayd etildi.


Teglar:
×