Özgidromet şoşilinç axborot bilan çiqdi

Özgidromet şoşilinç axborot bilan çiqdi

Joriy yilning 18-23 may kunlari Özbekistonning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan kuçli jala yomğirlar yoğişi kutilmoqda, döl yoğişi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Maʼlumotga köra, toğoldi va toğli hududlarida qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq paytida şamol 15-20 m/s gaça kuçayadi.

18-23 may kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğoldi va toğli hududlarida, jumladan:

Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor, Koson tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrabod tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;

Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Pskent, Örta Çirçiq, Yuqori-Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;

Farğona viloyati: Söx, Farğona, Beşariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söralmoqda.

×