Şu yilning 13-14 aprel kunlari respublikaning 7 ta hududida şamol tezligi kuçayib, ayrim joylarda çang-tözoni kuzatilişi mumkin. Bu haqda Özgidromet rahbari Şerzodxöja Habibullayev özining Facebook sahifasida xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, şu yilning 12 aprel kuni Özbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelişi boşlanadi. 13-14 aprel kunlari esa respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarda 37 darajagaça kötariladi.
12-14 aprelda respublika hududi böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 17-22 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi kutilmoqda.
12-14 aprelda Qoraqalpoğiston Respublikasida, 13-14 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toşkent, Sirdaryo, Qaşqadaryo viloyatlarining baʼzi joylarida şamol 25-28 m/s gaça kuçayişi mumkin.









