Namangan nomi yana Guinness World Records rasmiy sahifasida!
Namangan viloyatining tarixiy yutuği — bir oy davomida jamoa tomonidan eng köp gul ekiş böyiça örnatilgan jahon rekordi Guinness World Records rasmiy veb-saytida alohida maqola sifatida eʼlon qilindi.
Maqola «Özbekiston tarix yaratdi: Namangan minglab insonlar iştirokida gul ekiş böyiça jahon rekordiga erişdi» sarlavhasi ostida çop etilgan. Unda uşbu rekord jamoaviy hamkorlik, ekologik masʼuliyat va tabiiy gözallikni uluğlovçi ulkan taşabbus sifatida eʼtirof etilgan.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, 2026 yil 20 apreldan 20 maygaça Namangan şahridagi bitta hududda jami 29 406 384 dona gul ekilgan. Natijada Namangan «bir oy davomida jamoa tomonidan ekilgan eng köp gul» yönalişida jahon rekordini örnatdi.
Maqolada rekord 65-Namangan xalqaro gullar festivali doirasida amalga oşirilgani qayd etilib, festival Özbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy hamda turistik tadbirlardan biri sifatida taʼriflangan.
Şuningdek, Namangan xalqaro gullar festivali nafaqat gullar bayrami, balki viloyatning mehmondöstligi, ijodkorligi va turizm salohiyatining yorqin ramzi ekani alohida taʼkidlangan.
Guinness World Records uşbu natijani şunçaki rekord emas, balki minglab insonlarni ezgu maqsad yölida birlaştirgan, jamoaviy mehnat va ekologik madaniyatni tarğib qilgan yirik ijtimoiy loyiha sifatida baholadi.
Bu eʼtirof Namangan viloyatining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlab, uning jahon turizm xaritasidagi örnini kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Namangan — gullar şahri.
Namangan — jahon rekordlari maskani.









