Xitoyning Şanxay şahri 2020 yilda dunyoning eng qimmat şaharlari röyxatida birinçi örinni egalladi va Tokiodan ötib ketdi.
Şanxay avvalgi reytinglarda yetakçilik qilgan Gonkongni uçinçi öringa tuşirgan. Bu reyting Julius Baer bank kompaniyasining dunyo farovonligi töğrisidagi hisobotidagi maʼlumotlarga asoslanib tuzilgan.
Julius Baer dunyo mintaqalari orasida Osiyoni eng qimmat deb atagan. Şarqiy mamlakatlar muvaffaqiyatining sabablaridan biri pandemiyadan keyin iqtisodiyotning tez tiklanişi bölgan.
Kompaniyaning taʼkidlaşiça, AQŞ va Yevropadan farqli ölaroq, badavlat Osiyo davlatlarida «COVID-19 epidemiyaga aylanmagan».
Şunga köra, Şanxay eng qimmat şaharga aylandi, çunki 2020 yilda bu yerda narxlar örtaça olti foizga oşdi, Gonkongda esa narx özgarmadi. Şuningdek, Şanxayda aviabiletlar biznes-klassda 82 foizga, mehmonxonalar esa 15 foizga oşgan.









