Özbekiston aholisida qança avtomobil bor?

Özbekiston aholisida qança avtomobil bor?

Özbekistonda aholiga tegişli avtotransport vositalari soni 5 millionga yaqinlaşdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.


Maʼlumotlarga köra, 2026 yilning 1 aprel holatiga Özbekistonda jismoniy şaxslarga tegişli 4 mln 903 mingdan ziyod avtotransport vositalari röyxatga olingan.


Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan uluşi 92,8 %) taşkil etadi. Qayd etilişiça, 2025 yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 344,6 mingtaga oşgan.


Jismoniy şaxslarga tegişli avtotransport vositalari turlari böyiça quyidagiça taqsimlangan:

  • yengil avtomobillar – 4 552,3 ming dona;
  • yuk avtomobillari – 330,3 ming dona;
  • mikroavtobuslar – 7,5 ming dona;
  • maxsus transport vositalari – 7,2 ming dona;
  • avtobuslar – 5,8 ming dona.


×