Özbekiston, asosan, qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilayotgani aytildi

Özbekiston, asosan, qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilayotgani aytildi

Maʼlumot Davlat statistika qömitasi tomonidan taqdim qilingan.

Unga köra, Özbekistonga 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida yengil avtomobillarni eng köp import qilgan davlatlar qatorida Xitoy Xalq Respublikasi yetakçi bölgan(6 963 dona). Undan keyingi örinlarda Koreya(5 630 ta) va Rossiya(4 167 ta) joy olgan. 

Quyida mamlakatimizga avtomobillarini eng köp import qilgan davlatlar ketma-ketligi berilgan:

Xitoy – 6 963 ta;

Koreya – 5 630 ta;

Rossiya – 4 167 ta;

Qozoğiston – 3 731 ta;

Polşa – 1 204 ta;

AQŞ – 479 ta;

Litva – 427 ta;

Tailand – 250 ta;

Germaniya – 103 ta;

Yaponiya – 88 ta.

×