Taxminan uç hafta davomida Özbekiston hududida maxsus lagerda bölgan afğon harbiy uçuvçilari AQŞga evakuatsiya qiliniş örniga Afğonistonga qaytarilişi mumkinligidan qörqmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
Agentlik muxbirlari lagerda saqlanayotgan baʼzi uçuvçilar bilan uyali telefon orqali suhbatlaşgan. Ulardan biri özini qamoqxonada yaşayotgandek his qilayotganini aytgan.
“Harakat qiliş imkoniyatlari juda çeklangan, oziq-ovqat va dori-darmon yetişmaydi. Ayrimlar ötgan vaqt oraliğida ozib ketdi”, degan uçuvçi.
U, şuningdek lagerda özi bilan birga uşlab turilgan afğonlarning sonini ham maʼlum qilgan — 465 kişi. Taʼkidlanişiça, ularning orasida A-29 Super Tucano yengil hujum samolyotlarini boşqargan 15 ga yaqin uçuvçi, UH-60 Black Hawk vertolyotlarini boşqargan 11 uçuvçi, MD-530 vertolyotlarini boşqargan 12 uçuvçi va köplab Mi-17 vertolyotlari uçuvçilari bor.
Qayd etilişiça, lagerda önlab uçuvçilardan taşqari, harbiy aviatsiya xodimlari va boşqa harbiy bölinmalarning xizmatçilari ham bor. Ularning barçasi Afğonistonni toliblar hokimiyatni egallaşidan oldingi oxirgi kunlarda va soatlarda tark etişga muvaffaq bölgan.
Mozori Şarif va Qobul aeroportlaridan 46 ta samolyot uçişga muvaffaq bölgan —Afğonistonning sobiq harbiy havo kuçlari 160 ga yaqin samolyotdan iborat bölgan. Jurnalistlarga köra, bu samolyotlarning barçasi keyinçalik Özbekistonga qöngan.
Avgust oyining oxirida agentlikka berilgan sunʼiy yöldoş tasvirlari lager atrofidagi baland devorlarni namoyiş etgan, ularning yaşaş joylari ilgari COVID-19 kasallarini davolaş uçun işlatilgan. Bu obʼekt Afğoniston bilan çegaradoş Termiz şahri yaqinida joylaşgan.
Maʼlum qilinişiça, AQŞning hozirgi va sobiq amaldorlari Amerika hukumatining Afğoniston xodimlari va samolyotlarini Özbekistondan evakuatsiya qilişni taşkillaştira olmayotganini tanqid qilmoqda. Çunki toliblar ularni öz ixtiyoriga oliş uçun özbek hukumatiga bosim ötkazmoqda.
Hozir Termiz yaqinidagi lagerda saqlanayotgan harbiy uçuvçilar AQŞ mutaxassislari rahbarligida öqitilgan. AQŞning Özbekistondagi sobiq elçisi Jon E. Xyorbstning fikriça, Özbekiston Afğonistonga uçuvçilar va samolyotlarni qaytarişni istayotgan “Tolibon” tomonidan haqiqiy va jiddiy bosimga duç kelgan.
“Ular (Özbekiston rasmiylari — tahr.) “Tolibon” bilan yaxşi munosabatda bölişni xohlaydi”, degan Xyorbst.









