Şomurodov jamoasini özgartirişga yaqin – OAV

Şomurodov jamoasini özgartirişga yaqin – OAV

Özbekistonlik hujumçi Eldor Şomurodov “Roma” klubini tark etib, Turkiyaning “Istanbul Başakşehir” jamoasiga ötişi arafasida turibdi. Bu haqda “Roma press” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, transfer deyarli yakuniga yetgan – “Başakşehir”, “Roma” va Şomurodov örtasida dastlabki kelişuvga erişilgan.

Maʼlumot uçun, özbekistonlik hujumçining “Roma” bilan amaldagi şartnomasi yana bir yilga möljallangan bölsa-da, u ötgan mavsum yakunidan beri ketişi mumkin bölgan futbolçilar röyxatida tilga olinmoqda.

Şomurodov sönggi mavsumda rimliklar safida jami 37 öyin ötkazib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan iştirok etdi. “Roma” ayni damda UEFA moliyaviy feyr-pley talablariga moslaşiş uçun tarkibni qisqartiriş va daromadlarni oşiriş yölida işlamoqda, Şomurodovning ketişi esa bu jarayonning bir qismiga aylanadi.


×