22 mart kuni Qozoğistonning Abay viloyatida 5 kun qor yeb omon qolgan çöpon qutqarib qolindi. Bu haqda “Nur” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 1969 yilda tuğilgan erkak 17 mart kuni Abay tumanida joylaşgan fermer xöjaligidan ot minib, çorva qidiriş uçun çiqib ketgaç, qaytib kelmagani haqida qutqaruv xizmatlariga xabar kelib tuşgan.
Aniqlanişiça, çöponning oti yiqilib tuşgan. Uni oyoqqa turğazişga urinayotganda erkak ot ostida qolib, oyoği sinib ketgan. Şundan söng ot ketib qolib, uni çölda yolğiz qoldirgan.
Çöpon 5 kun davomida qor yeyiş orqali omon qolgan. Qutqaruvçilarning aytişiça, nisbatan iliq ob-havo sovuq urişining oldini olişga yordam bergan.
Qidiruv işlariga FVV kuçlari, politsiya xodimlari hamda yöqolgan çöponning qarindoşlari jalb etilgan.
Keça, 22 mart kuni ertalab qidiruv guruhi erkakni çöl hududidan topgan.
Çöponga issiq çoy berilib, şikastlangan oyoği mahkamlangan va unga tibbiy yordam körsatiş uçun olib ketilgan.









