Bill Geyts pandemiya qaçon tugaşini maʼlum qildi

Bill Geyts pandemiya qaçon tugaşini maʼlum qildi

Koronavirusning yangi ştammlari paydo bölişi va emlaş darajasi yetarli bölmaganiga qaramay, COVID-19 pandemiyasining ötkir bosqiçi keyingi yilning boşidayoq yakunlanişi mumkin. Bu haqda Microsoft asosçisi Bill Geyts özining şaxsiy blogida maʼlum qildi.

U “delta” ning bunday yuqumli varianti paydo bölişini va odamlarni emlaş va niqob kiyiş uçun uzoq vaqt davomida köndiriş kerakligini kutmaganligini tan oldi.

“Umid qilamanki, yaqin vaqt içida hammasi tugaydi. Boşqa başorat qiliş ahmoqlik bölardi, ammo pandemiyaning ötkir bosqiçi 2022 yilda tugaydi deb öylayman”, – deb yozdi u.

Omikron ştammi xavotir uyğotayotgan bölsada, global hamjamiyat virus bilan kuraşiş uçun avvalgi bosqiçlarga qaraganda yaxşiroq jihozlangan, deb qöşimça qildi Geyts.

JSST maʼlumotlariga köra, dunyo böylab 265 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, ulardan 5,3 millionini saqlab qolişning iloji bölmagan. Eng qiyin vaziyat AQŞ, Hindiston, Braziliya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarda.

×