Endi odamlarning roziligisiz uylari buzib taşlanmaydi

Endi odamlarning roziligisiz uylari buzib taşlanmaydi

Endi eskirgan va avariya holatiga kelgan turar va noturar binolarni yangilaş, qayta quriş va hududlarni obodonlaştiriş işlari aniq tartib asosida amalga oşiriladi hamda renovatsiyani amalga oşirişda mulk egalarining roziligi olinadi. Bu haqda Prezident “Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida”gi 1149-sonli qonunni imzoladi.

 

Qonunga köra, şaharsozlik renovatsiyasini amalga oşiriş uçun şaharsozlik renovatsiyasi hududida joylaşgan turar va noturar joylarning eskirganligi, yaşaş va foydalaniş uçun yaroqsiz bölib, avariya holatiga kelib qolganligi hamda hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir qiladigan holatlarning mavjudligi asos böladi.

  

Şaharsozlik renovatsiyasi quyidagi turlardan iborat:

  • mavjud obʼektni asosiy konstruktsiyasini özgartirmasdan rekonstruktsiya qiliş;
  • mavjud obʼektni buziş va böşagan yer uçastkasida buzilgan obʼekt toifasidagi yangi obʼektni quriş;
  • yaşil hududlarni va boşqa hududiy zonalarni taşkil etiş.

 

Şaharsozlik renovatsiyasini amalga oşiriş böyiça taklif quyidagi subʼektlar taşabbusiga köra kiritilişi mumkin:

  • davlat taşabbusiga köra;
  • huquq egalarining taşabbusiga köra;
  • uçinçi şaxslarning taşabbusiga köra.

 

Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzurida şaharsozlik renovatsiyasini qöllab-quvvatlaş jamğarmalari taşkil etiladi. Uşbu jamğarmalar renovatsiya loyihalarini moliyalaştiriş va ularni amalga oşirişni qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanadi.


Renovatsiyani amalga oşirişda mulk egalarining roziligi olinadi


Qonunga movofiq, huquq egalari (şaharsozlik renovatsiyasi hududida joylaşgan köçmas mulk obʼektlarining egalari bölgan jismoniy yoki yuridik şaxs) bilan oçiq muhokama renovatsiya loyihasining kontseptsiyasi işlab çiqilgan kundan eʼtiboran 2 oy içida ötkaziladi.

 

Hujjatda taʼkidlanişiça, oçiq muhokamada obʼektlarni renovatsiya loyihasiga kiritiş uçun har bir obʼekt egalarining kamida 4/5 qismining notarial tasdiqlangan yozma roziligini oliş renovatsiyani amalga oşirişning majburiy şartlaridan biridir.


Bunda huquq egasi renovatsiya loyihasini amalga oşirişda öz xohişiga köra kompensatsiya olişi yoki hissa qöşuvçi sifatida iştirok etişi mumkin böladi.

 

Kompensatsiya quyidagi şakllarga ega bölgan ketma-ketlikda bölişi mumkin:

 

  • şaharsozlik renovatsiyasi amalga oşiriladigan hududda yangi quriladigan turar va noturar joy toifasidagi obʼektni mulk qilib beriş;
  • boşqa joydan turar va noturar joy toifasidagi obʼektni mulk qilib beriş;
  • pul mablağlari;
  • kelişuv bitimida nazarda tutilgan boşqa şakllar.


Maʼlumot uçun, renovatsiya – bu eskirgan, avariya holatiga kelgan yoki zamonaviy talablarga javob bermaydigan hududlarni yangilaş va qayta quriş jarayoni.



×