Xodimlar roziligisiz oylikdan uşlab qolişlar davom etyapti.

Xodimlar roziligisiz oylikdan uşlab qolişlar davom etyapti.

Xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklaşda, şu sohaga masʼul Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki Kasaba uyuşmalari federatsiyasi emas, balki adliya organlari faollik körsatayotgani qonunlardagi mexanizmlar yetarli darajada işlamayotganiga işora qilmoqda.

Adliya organlarining aralaşuvi bilan Andijon davlat tibbiyot institutida 743 nafar xodimning iş haqidan haşar uçun deb uşlab qolingan pullar qaytarildi.

Bu – Özbekistonda hamon xodimlarning roziligisiz iş haqidan uşlab qoliş holatlari mavjudligini isbotladi.

Kun.uz'ga kelayotgan bir neçta murojaatlarda ham ayni şu kabi holatlar haqida söz boradi.

Jumladan, Xonobod şahridagi 2-umumiy örta taʼlim maktabi öqituvçisi oylik maoşidan 200 ming söm uşlab qolinganidan noroziligini bildirdi.

Yana bir murojaatga köra, Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot birlaşmalaridan birida hamşira bölib işlovçi ayolning jami maoşi bir oyda 4ta navbatçilik uçun 800 ming sömni taşkil etsa-da, şanbalik uçun undan bir kunlik iş haqi – 200 ming söm uşlab qolingan.

Andijon viloyatidagi tibbiyot birlaşmalarida ham sentyabrdagi iş haqlaridan şanbalik uçun roziliksiz va ogohlantirişsiz pul uşlab qolingan.

Xodimning iş haqidan uşlab qoliş mumkinmi?

Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq, xodimning mehnat haqidan uşlab qolişga faqat xodimning yozma roziligi bilan yöl qöyiladi.

Yaʼni, iş haqidan şanbalik uçun uşlab qoliş xodimning mutlaq ixtiyoriga boğliq – xohlasa, rozilik beradi, xohlamasa, yöq.

Xodimni rozilik berişga majburlaş yoki uning roziligisiz iş haqidan uşlab qoliş – ğayriqonuniy.

Bunday harakatlar Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 49-moddasiga asosan BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Xodimlar iş haqidan ğayriqonuniy tarzda pul uşlab qolinganda, ularni qaysi taşkilotlar himoya qilişi kerak?

Mehnat kodeksining 9-moddasiga köra, mehnat töğrisidagi qonunçilikka rioya etilişini tekşiriş va nazorat qilişni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy organlari hamda kasaba uyuşmalari amalga oşiradi.

Şuningdek, mehnat töğrisidagi qonunlarning aniq va bir xil ijro etilişi ustidan nazoratni olib boriş Özbekiston boş prokurori va unga böysunuvçi prokurorlar tomonidan amalga oşiriladi.

Adliya organlarining töğridan töğri xodimlar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan majburiyati yöq.

Ammo, sönggi vaqtlarda kuzatilayotgan tendentsiyaga köra, aksar hollarda mehnat organlari va kasaba uyuşmalarining xodimlarni huquqlarini himoya qilişdagi faolligi sezilmayotgandek.

Balki şuning uçun ham bu vazifani adliya organlari taʼminlaşga majbur bölayotgan bölsalar ajab emas.

Bu kabi muammolar bilan xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilişga bevosita masʼul taşkilotlar tomonidan tizimli ravişda kuraşilmas ekan, ular aslo barham topmaydi.

×