“Namanganliklar.uz” va “Aççiq xaqiqat” telegram kanallari orqali 2021 yilning 22 sentyabr kuni “Şanbalikka ökituvçining roziligisiz oyligidan pul olib uşlangan” mavzusida yoritilgan maqola yuzasidan rasmiy munosabat berildi.
Namangan şahar Davlatobod tumani halq taʼlimi bölimi “Namanganliklar.uz” va “Aççiq xaqiqat” telegram kanallari orqali yoritilgan maqolasi yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
Davlatimiz mustaqilligining 30 yillik bayramini nişonlaşga munosib tayyorgarlik köriş, “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” şiori asosida viloyatda obodonlaştiriş oyligini taşkil etiş, soğlom turmuş tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni tarğib qilgiş, aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 avgustdagi 455-F-sonli hamda Namangan viloyati hokimligining 2021 yil 20 avgustdagi 87-6-0-F/21-sonli farmoyişlari qabul qilingan. Uşbu farmoyişning 6-bandida umumxalq xayriya xaşarini ötkaziş munosabati bilan boşqarma, idora va taşkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning mablağlari “Maxalla” xayriya jamoat fondiga ötkazilişi körsatib ötilgan.
Bundan taşqari, Namangan viloyati xokimligining 2021 yilning 25 avgust kuni 02/10-2758-son xati ilovasi bilan Davlatobod tumani xalq taʼlimi bölimida faoliyat olib borayotgan 2129 nafar işçi xodimlarga 218 138 000 söm bir kunlik iş haqqi rejasi belgilangan bölib, tumandagi umumtaʼlim maktablarining kasaba uyuşma yiğiliş bayoniga asosan 144 380 096 söm mablağ “Maxalla” xayriya jamoat fondiga ötkazib berilganligini bildiriladi.
Davlatobod tumani halq taʼlimi bölimi mudiri I.Abdukadirov









