Maşaripovning “grija”si xuruj qildi. U JÇda qatnaşmasligi mumkin

Maşaripovning “grija”si xuruj qildi. U JÇda qatnaşmasligi mumkin

Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisi Jaloliddin Maşaripov jarohati qaytalandi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, Maşaripov AQŞdagi yiğin davomida bel qismidagi oğriqlar bilan boğliq muammo sabab sönggi maşğulotlarda, şuningdek, Kanada va Niderlandiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvlarida iştirok etolmagan. Sönggi haftalarda futbolçining bel qismida oğriqlar kuzatilgan bölib, dori-darmon va fizioterapiya muolajalari orqali uning holati yaxşilangandi.

Biroq keyinçalik oğriqlar qayta bezovta qila boşlagan. Ötkazilgan MRT tekşiruvi natijalariga köra, unda umurtqalararo disk çurrasi qayta xuruj qilgani maʼlum bölgan. Ayni paytda Jaloliddin Maşaripovning soğliği böyiça jamoa tibbiy ştabi tomonidan iş olib borilmoqda.

Agar Maşaripovning tibbiy xulosalari uning Jahon çempionatida iştirok eta olmasligini tasdiqlasa, FIFA futbolçini terma jamoa qaydnomasidan çiqariş va uning örniga boşqa bir öyinçini röyxatdan ötkazişga ruxsat berişi mumkin.

Maʼlumot uçun, Özbekiston terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarşi Jahon çempionatidagi dastlabki uçraşuvini ötkazadi. Uşbu bahs Toşkent vaqti bilan tongi soat 07:00 da Meksikadagi “Atsteka” stadionida bölib ötadi. Şundan söng, terma jamoa 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni esa Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.


Teglar:
×