Özbekistonning bir qator toğ oldi va toğli hududlarida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda “Özgidromet” tezkor gidrometeorologik axborotida xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 6-8 iyun kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida, jumladan:
- Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;
- Navoiy viloyatining Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;
- Toşkent viloyatining Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
- Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
- Farğona viloyatining Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
- Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Sinoptiklar toğli hududlarda istiqomat qiluvçi aholi, dam oluvçilar va haydovçilarni ehtiyotkor bölişga çaqirgan. Şuningdek, ayrim hududlarda kuçli yomğir yoğişi oqibatida yomğir suvlari töplanib, past joylarni suv bosişi mumkinligi haqida ham ogohlantirildi.
Fuqarolarga zaruratsiz ravişda sel xavfi yuqori bölgan hududlarga bormaslik, toğli yöllarda harakatlanişda ehtiyotkorlik çoralariga qatʼiy amal qiliş tavsiya etilgan.









