Erdöğandan qörqinçli ogohlantiriş: qatl etilişi mumkin

Erdöğandan qörqinçli ogohlantiriş: qatl etilişi mumkin

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan qasddan örmon yonğinlarini keltirib çiqarganlik uçun jazo çoralarini kuçaytiriş ğoyasini qöllab-quvvatladi. Prezident bu haqda gapirarkan, işni, hatto, ölim jazosigaça olib boriş mumkinligiga şaʼma qildi. 

Bir neça kundan buyon örmon yonğinlari davom etayotgan Muğla viloyatining janubi-ğarbiy qismi – Marmarisda jurnalistlar bilan suhbatda davlat rahbari sayyohlik hududida sodir bölgan yonğinlar natijasida heç kim jabrlanmagani va bedarak yöqolganidan mamnunligini bildirdi.  

“Yonğin zonasiga tutaş aholi punktlaridan 435 kişi evakuatsiya qilindi”,  dedi Turkiya rahbari. 

Unga köra, yonğinlarni öçirişga 15 samolyot va 46 vertolyot jalb qilingan. 

Prezident Dalaman, Fethiye, Keyçegiz va Seydikemer viloyatlarida örmon yonğinlari nazoratga olinganini maʼlum qildi. 

Turkiya Prezidenti örmon yonğinlarini uyuştirganlik uçun jazo masalasiga töxtalib, bunday qilmişlar uçun jazoni kuçaytiriş ğoyasini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. 

“Jazolar, jumladan, qatl qiliş borasida turli fikrlar bildirilmoqda. Menimça, bu masalani muhokama qilişga arziydi”, deydi Erdöğan. 

U sözida davom etib, Sulton Mehmet Fotihning gaplaridan iqtibos keltirib, şunday dedi: 

“Sulton Fotih nima degandi? Örmondan bir daraxtni kesganning boşini olaman. Bu iş şu qadar ahamiyatli... Örmonlarni yoqişyapti. Faqat örmonlar yonyaptimi, yöq, haşoratlar, hayvonlar ham alanga içida qolyapti”.

Maʼlumot uçun, Marmaris hududidagi yonğin 21 iyun kuni keçqurun boşlandi. Prokuratura maʼlumotlariga köra, yonğin natijasida kurort hududining 300-400 gektar maydondagi ignabargli örmonlari zarar körgan. Örmon boriş qiyin bölgan joylarda yonmoqda, şuning uçun yonğinni öçirişda asosiy eʼtibor aviatsiyaga qaratilgan.

Yonğinga yaqin hududda istiqomat qilgan 103 oila va şu atrofda işlagan 274 kişi zarar körmasligi uçun evakuatsiya qilingan. 

Keça, 23 iyun kuni örmonga öt qöyganlikda gumon qilingan şaxs qölga olindi. Turkiya Içki işlar vazir Sulaymon Soylu bergan maʼlumotga köra, S.A. ismli şaxs qölga olingan gumonlanuvçi Turkiya janubidagi Marmaris kurorti yaqinidagi örmonga qasddan öt qöyganini tan olgan. Soyluga köra, gumonlanuvçining örmonni yoqib yuborişiga yaqinda tarixda uşbu hudud böyiça tijoriy mojarosiga uçragani sabab bölgan. U avval örmonni yoqib yuborgan, keyin esa özini öldirmoqçi bölgan. 

manba: qalampir.uz

×