“Real Madrid” klubi “PSJ” hujumçisi Killian Mbappeni 224 million yevro evaziga sotib oldi. Bu haqda jurnalist Xesus Karles Martines Frantsua Galyardoga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilişiça, tomonlar allaqaçon kelişuvga erişgan. Unga köra, Madrid klubi frantsiyalik futbolçining transferi uçun 224 million yevro tölaydi. Şuningdek, “qaymoqranglilar” yana 56 millionni bonuslar uçun sarflaşi belgilangan. Bu futbol tarixidagi eng yirik transfer hisoblanadi. Şartnoma qança muddatga imzolangani maʼlum emas.
Uşbu xabar ikki klub matbuot xizmatlari tomonidan hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Maʼlumot uçun, Mbappening Parij klubi bilan şartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. 24 yoşli futbolçi ötgan mavsumda barça musobaqalarda 43 öyinda 41 ta gol urib, 10 ta golga hammualliflik qilgan. “Transfermarket” portali uni 180 million yevroga baholagan.









