Özbek futboli bu mundialdan nima yutdi?

Özbek futboli bu mundialdan nima yutdi?

2026 yilning yozi Özbekiston futboli tarixidagi eng muhim sahifalardan biriga aylandi. Milliy terma jamoa ilk bor FIFA Jahon çempionati final bosqiçida iştirok etdi. Önlab yillar davomida uşalişi orzu qilingan maqsad amalga oşdi. Millionlab muxlislar köçalarga çiqdi, stadionlarda Özbekiston bayroği hilpiradi, futbolçilar esa dunyoning eng yirik futbol maydonlarida mamlakat şarafini himoya qildi.

Ammo vaqt ötişi bilan tarixiy voqealar hissiyot bilan emas, natija va xulosalar bilan baholanadi. Bugun Özbekistonning Jahon çempionatidagi iştirokiga nazar taşlansa, bitta savol tabiiy ravişda kun tartibiga çiqadi: Özbekiston bu mundialdan aslida nima yutdi?

Bu savolga javob berişga şoşilmaslik kerak. Çunki tarixiy iştirokning özi hali muvaffaqiyat degani emas. Jahon çempionatiga çiqiş – katta yutuq. Ammo Jahon çempionatida qanday futbol namoyiş etilgani, bu turnir mamlakat futboliga qanday foyda bergani va undan qanday xulosalar çiqarilgani undan ham muhimroq masaladir.

Köpçilik bugun faqat bitta faktni tilga olmoqda – Özbekiston mundialda debyut qildi. Bu – haqiqat. Lekin oradan bir neça yil ötganidan keyin heç kim debyutning özini eslamaydi. Futbol tarixida natija, taraqqiyot va davomiylik esda qoladi.

Agar 2026 yilgi Jahon çempionati Özbekiston futboli uçun yangi bosqiçning boşlanişiga aylansa, bu iştirok özini oqlagan böladi. Aksinça, agar bu turnir faqat tarixiy suratlar, emotsiyalar va “biz ham mundialda öynadik” degan xotira bilan yakunlansa, demak, qölga kiritilgan eng katta yutuq hissiyot bölib qoladi.

Aslida, bu maqolaning asosiy maqsadi ham aynan şu savolga javob topişdir. Özbekiston nimani qölga kiritdi? Nimalarni boy berdi? Va eng muhimi, bu turnirdan qanday saboq çiqarildi?

Bu savollarga javob beriş uçun faqat hisoblar jadvaliga qaraş yetarli emas. Uçta uçraşuvning mazmunini, murabbiylar ştabi tanlagan yölni, futbolçilarning individual imkoniyatlarini, ularning transfer salohiyatini hamda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi oldida turgan strategik vazifalarni birgalikda tahlil qiliş kerak.

Birinçi qaraşda hammasi oddiy körinadi: uçta öyin va uçta mağlubiyat. Ammo bu raqamlar ortida yanada jiddiyroq savollar yaşiringan.

Masalan, Özbekiston çindan ham imkoniyatidan kelib çiqib öynadimi yoki jamoa öz salohiyatining töliq namoyon eta olmadi? Murabbiy Fabio Kannavaro futbolçilarning kuçli tomonlarini oçib bera oldimi yoki aksinça, ularni öz falsafasiga moslaştirişga urindimi? Jahon çempionatida qatnaşiş özbekistonlik futbolçilarning transfer qiymatini oşirdimi yoki aksinça, ayrim futbolçilar öz imkoniyatlarini namoyiş qila olmay, Yevropa skautlarini işontira olmadimi?

Bir jihatni boşidanoq aytiş kerak: bu maqolaning maqsadi tarixiy iştirokni qadrsizlantiriş emas. Aksinça, tarixiy yutuq ortida qolib ketayotgan muammolarni körsatişdir. Çunki futbol rivojlanişi uçun baʼzan ğalabadan köra mağlubiyatni töğri tahlil qiliş muhimroq böladi. Va, ehtimol, Özbekiston uçun 2026 yilgi Jahon çempionatining eng katta yutuği ham aynan şu bölişi mumkin.

Uçta mağlubiyat ortidagi haqiqat: Özbekiston qanday yutqazdi?

Jahon çempionatidagi iştirokni faqat natijalar orqali baholaş doim ham töğri emas. Baʼzan 1:0 hisobidagi mağlubiyat ham umid uyğotadi, ayrim hollarda esa ğalaba qozongan jamoaning öyinida ham jiddiy muammolar körinadi. Şu bois Özbekistonning mundialdagi uçta uçraşuvini tahlil qilişda hisobdan köra öyin mazmuniga eʼtibor qaratiş muhim. Çunki aynan öyin sifati terma jamoa qaysi darajada ekanini körsatadi. Mundial davomida Özbekiston uç xil qitʼa va uç xil raqibga qarşi maydonga tuşdi. Ularning öyin uslubi, bosimi va individual mahorati turliça edi. Ammo uçala uçraşuvni birlaştirib turgan bitta umumiy jihat bor edi – Özbekiston deyarli har bir öyinda öz xatolari evaziga mağlubiyatga uçradi. Bu juda oğir, ammo haqiqatga yaqin xulosa.

 

Birinçi öyin: ortiqça ehtiyotkorlik qimmatga tuşdi. Har qanday debyutant ilk öyinda hayajon bilan maydonga tuşişi tabiiy. Lekin Jahon çempionatiga murabbiy aynan şunday vaziyatlarni boşqariş uçun olib kelinadi. Fabio Kannavaro ilk uçraşuv uçun tanlagan model maksimal darajada xavfsiz futbolga asoslandi. Himoya çiziği juda past joylaşdi, markaziy yarim himoyaçilar asosan himoyaga yordam beriş bilan band böldi, hujumçilar esa köpinça öz jarima maydonigaça qaytişga majbur böldi.

Natijada Özbekiston töpni olib qöygandan keyin hujumni boşlaş uçun 60–70 metr masofani bosib ötişga töğri keldi. Zamonaviy futbolda esa bunday masofani tezkor qarşi hujum bilan bosib ötiş uçun nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki aniq işlab çiqilgan avtomatizmlar ham kerak. Terma jamoada esa bunday avtomatizmlar deyarli körinmadi.

Eng açinarlisi, Özbekiston özining eng kuçli qurollaridan foydalanmadi. Tezkor qanotlar va texnik yarim himoyaçilar raqib darvozasi oldida emas, öz maydonida köproq vaqt ötkazdi. Bu esa ularning individual sifatlarini çeklab qöydi.

Murabbiy xavfni kamaytirişni maqsad qilgan bölişi mumkin. Ammo xavfni kamaytiriş evaziga jamoa hujumdagi barça imkoniyatlaridan ham voz keçdi.

Ikkinçi öyindagi tezkor gollar raqibning salohiyati dastlabki daqiqalardan terma jamoaga bosim yukladi va bu bosimdan çiqib ketiş qiyin böldi. Portugaliyaning tezkor goli Özbekistonning öyin rejasini butunlay özgartirib yubordi. Temur Kapadze davrida ham, Kannavaro boşçiligida ham jamoa asosan tartibli himoya va qarşi hujumlarga tayangan holda harakat qilib kelgan. Erta ötkazib yuborilgan gol esa bu rejani buzdi. 17-daqiqada Nuno Mendeş hisobni 2:0 körinişiga keltirgaç, özbekistonlik futbolçilar raqibni yuqoriroq kutib olişga majbur böldi. Bu esa Portugaliyaning tezkor qanot hujumçilari uçun böş hududlar paydo qildi.

Uçinçi öyin: nega haqiqiy futbol oxirgi uçraşuvda paydo böldi? Mundialdagi eng katta paradokslardan biri şundaki, Özbekiston eng mazmunli futbolini aynan musobaqadagi sönggi uçraşuvda namoyiş etdi. Bosim kamaygaç, futbolçilar erkinroq harakat qila boşladi. Qisqa paslar soni ortdi. Oldinga harakat qiliş istagi paydo böldi. Yarim himoyaçilar tavakkal qilişdan qörqmadi. Qanot himoyaçilari hujumga faol qöşildi. Lekin faqat bitta bölimda. Terama jamoa birinçi bölimni qançalar yaxşi ötkazgan bölsa, ikkinçi bölimda şu darajada yomon ötkazdi.

Bitta öyinda ikki xil futbol namoyiş qiliş mumkinmi? Ha bu asosan hisobni uçlaş bilan böğliq bölgan intiliş va jismoniy holat bilan bogliq.

 

Murabbiy futbolçilarga moslaşdimi yoki futbolçilar murabbiyga? Bu mundial davomida eng köp muhokama qilinişi kerak bölgan masalalardan biri – murabbiy. Fabio Kannavaro faoliyati davomida köproq himoyaviy futbol tarafdori sifatida tanilgan. Özbekiston terma jamoasi ham sönggi yillarda aynan işonçli himoyaviy futbol va tezkor qarşi hujumlar, texnik yarim himoyaçilar va faol qanotlar evaziga Osiyo saralaşida muvaffaqiyat qozongan edi.

 

Savol tuğiladi: Katanets davrida yaxşigina pişib yetilgan himoya nega mundialga kelib parokandaga aylandi? Töğri, Özbekiston saralaşda va Osiyo kubogida katta jamoalarga qarşi öynamadi. Lekin himoyadagi arzimagan xatolar va darvozabonning işonçsiz öyini aynan mundial bosimida yuzaga keldimi yoki bu Kannavaroning öyin uslubidan kelib çiqilgan xatolarmi?

 

Almaştirişlar ham savollarni köpaytirdi. Fabio Kannavaroning öyin davomida qabul qilgan ayrim qarorlari ham bahs-munozaralarga sabab böldi. Baʼzi uçraşuvlarda öyindan tuşib qolgan futbolçilar maydonda uzoq vaqt qoldirildi. Aksinça, öyinni özgartira oladigan zaxira futbolçilari keç maydonga tuşirildi yoki umuman imkoniyat olmadi. Har uçala uçraşuvda ham Kannavaro zaxiradan qöşilgan futbolçilar bilan öyinga taʼsir körsata olmadi yoki bu taʼsir deyarli körinmadi.

 

Uçta öyindan qanday xulosa çiqadi? Uçala uçraşuvni birgalikda tahlil qilganda bitta umumiy xulosa paydo böladi. Özbekiston Jahon çempionatiga tasodifan çiqqan jamoa emas. Ammo Özbekiston hali Jahon çempionatida öz futbolini raqiblarga qabul qildira oladigan jamoaga ham aylangani yöq. Terma jamoa köproq raqibga moslaşişga urindi.

 

Dunyoning kuçli jamoalari esa aksinça, raqibni öz futboliga moslaşişga majbur qiladi. Mana şu farq Özbekiston bilan futbol elitasi örtasidagi eng katta tafovut bölib qoldi. Şu sababli uçta mağlubiyatning asosiy sababi individual mahoratdagi tafovut emas, balki öyin modeli, murabbiyning qarorlari va mavjud resurslardan maksimal darajada foydalana olmaslikda böldi.

4 million yevrolik loyiha nimani berdi? Özbekiston mundialdan foyda kördimi yoki faqat tarix yaratdimi?

Özbekiston uçun Jahon çempionati yakunlandi. Hissiyotlar asta-sekin bosilmoqda. Endi esa eng muhim bosqiç – xulosa çiqariş vaqti keldi. Mundialning har bir iştirokçisi turnirni öz maqsadi bilan boşlaydi. Kimdir kubok uçun kuraşadi, kimdir çorak finalni orzu qiladi, yana kimdir futbolçilarini jahon bozoriga olib çiqişni maqsad qiladi. Özbekiston qaysi toifaga kiradi?

 

Birinçi qaraşda javob oddiy: debyutant uçun mundialning özi katta yutuq. Bu fikrni inkor etib bölmaydi. Lekin bugungi zamonaviy futbolda Jahon çempionatiga faqat iştirok etiş uçun borilmaydi. Mundial – bu futbolçilarni dunyoga körsatadigan eng katta transfer maydoni, murabbiylar malakasini sinovdan ötkazadigan platforma va milliy futbol tizimining qançalik rivojlanganini körsatadigan közgu.

Şu nuqtai nazardan qaraganda, Özbekistonning mundialdagi maqsadi yuqoridagi birorta toifaga kirmaydi. Sababi Fabio Kannavaro terma jamoa murabbiyligiga tayinlangandan beri faqat bitta narsani aytib keldi – “bu mundial biz uçun tajriba böladi”. Agar maqsad faqat tajriba orttiriş bölsa, Dide Deşam, Ronald Kuman va Lionel Skalonidan köp maoş oluvçi murabbiyni olib kelib u bilan tajriba orttirişga boriş qay darajada töğri qaror böladi? U “maqsadimiz tajriba orttiriş”, deb şu darajada bot-bot takrorlandiki, hattoki ayrim futbolçilarning Jahon çempionatidan maqsadi yöqdek körindi, jumladan, Abduqodir Husanovda ham. Dostonbek Hamdamov va ayrim futbolçilarining mundialdagi asosiy maqsadi Kriştianu Ronaldu bilan öynaş bölgani esa ularga işongan butun boşli millat uçun hurmatsizlik.

Agar maqsad rostdan ham tajriba orttiriş bölsa, murabbiyga assotsiatsiya tomonidan vazifa yuklatilmagan va erkinlik berilgan bölsa, bu nega Kapadze bilan emas? Mahalliy mutaxassisni jahon sahnasidagi iştiroki mamlakat futbolining kelajagi uçun ham foydali bölmasmidi? 3 ta öyinda 11 ta gol ötkazişni Termur Kapadze ham eplay olardi.

Kannavaroning Jahon çempionatidagi işi mutaxassislar tomonidan qanday baholandi?

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov Özbekiston milliy terma jamoasining AQŞning Xyuston şahridagi NRG stadionida bölib ötgan Portugaliyaga qarşi uçraşuvdagi 5:0 hisobidagi mağlubiyatidan söng mutasaddi va futbolçilarni ayovsiz tanqid qildi.

“Bu mundialda jamoani yarmi böla oladigan darvozabon yöq edi, jiddiy böşliq. Fikrim özgardi, Osiyo kubogini oliş degan xomxayol bilan birga tarkibdagi “xizmat körsatgan”lardan keçib, şu musobaqadayoq keyingi saralaş davrida işlaydigan tarkibni öynatiş kerak”, deb yozadi Qodirov.

Şuningdek, deputat terma jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaro Behruz Karimov, Abbos Fayzullayev va Abduqodir Husanov kabi futbolçilar atrofida terma jamoani şakllantirişini va kelasi ikki Jahon çempionati saralaş bosqiçida ham raqobatlaşa oladigan 30 nafarlik tarkibni aniqlaştirişi kerakligini aytib ötdi. 

“Ha, siz bunga loyiq emassiz deb ayta olmayman, çunki maydon tekis, töp yumaloq va ularda sizdan ortiq öyinçi, oyoq yoki qöl yöq edi, lekin siz bunga rozi emassiz, umid beradigan qismi şu yerda… Bosim böladimi, momaqaldiroq çaqadimi – Kongo bilan öyinni biz emas, özingiz uçun öynang, futbolçi nonini yeyapsiz, ğururingizga öt tuşdi, adaşmasam…”, deb yozadi Qodirov.

Fikrlari söngida Qodirov Özbekiston milliy terma jamoasini Osiyoning eng kuçli terma jamoalari qatoriga kirmasligini ham aytib ötdi. 

“Osiyoning zör va eng zörlari aniq va biz u yerda emasmiz”, deydi Qodirov.

Şuningdek, Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumçisi Server Jeparov Fabio Kannavaro boşqarayotgan jamoaga 2026 yilgi Jahon çempionatida tajriba yetişmaganini va töp bilan muomala qilişda qator kamçiliklar kuzatilganini aytdi. 

“Bizda bunday yirik musobaqada iştirok etiş tajribasi yetişmadi. Bu Özbekiston terma jamoasining ilk Jahon çempionati edi. Kolumbiya va Portugaliya bizdan ança kuçli jamoalar. Kongo Demokratik Respublikasi esa imkoniyatlarimiz doirasidagi raqib edi. Ammo biz futbolni töp bilan öynaşni örganişimiz kerak. Futbol bu töp bilan öynaladigan öyin. Biz esa har uçala uçraşuvda ham deyarli töpsiz harakat qildik. Bu Özbekiston uçun qabul qilib bölmaydigan holat. Biz töpga egalik qilişimiz, öyinni nazorat qilişimiz kerak. Bu bizning kuçli jihatimiz”, deydi Jeparov.

Özbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolçisi terma jamoaning hujumni boşlaşdagi kamçiliklarini tanqid qildi. 

“Himoyalaniş ham öyinning muhim qismi. Biroq töpni qaytarib olgandan keyin qanday harakat qilişimiz ham taktik jihatdan katta ahamiyatga ega. Şunçaki töpni oldinga tepib yuboriş yeçim emas. Uçta öyin statistikasi şuni körsatdiki, jamoamiz asosan töpsiz öynadi. Hozirda kuçli Yevropa çempionatlarida harakat qilayotgan atigi uç nafar futbolçimiz bor va bu juda kam. Biz töğri tahlil qilişimiz hamda kelgusi Jahon çempionatlariga raqobatbardoş tarzda tayyorgarlik köriş uçun tört yildan sakkiz yilgaça möljallangan strategiya işlab çiqişimiz kerak. Eng muhimi, keyingi mundiallarda faqat iştirok etiş emas, balki munosib öyin körsatişga erişişimiz lozim”, deydi Jeparov.

Bundan taşqari, Rossiyaning “Baltika” klubi boş murabbiyi Andrey Talalayev Özbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionatidagi iştirokini kutilganidan köra yomonroq ekanini aytdi. 

“Özbekiston milliy terma jamoasi haqida ham bir neça oğiz. Albatta, bu jamoa mundialda debyut qildi va undan katta natija kutilmagandi. Ammo uçta öyinda 2:11 hisobidagi töplar nisbati va birorta ham oçko töplay olmagani, ayniqsa tarkibida Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Şomurodov kabi futbolçilar bölgan jamoa uçun juda yomon natija. Bu murabbiy almaşinuvining oqibati. Ular eskisidan voz keçişdi, ammo yangisini qura olişmadi”, deydi Talalayev.

Şuningdek, “Matç TV” boşlovçisi va şarhlovçisi Dmitriy Guberniyev ham Özbekiston milliy terma jamoasining debyut Jahon çempionatidagi iştirokini baholadi.

“Birinçi qadam doim ham muvaffaqiyatli çiqmaydi. Jamoada yetakçi bölişi kerak bölgan futbolçilar bor edi, ammo ular, afsuski, yakkakuraşlarda raqiblariga yutqazişdi. Individual mahorat jihatidan ham jamoa raqiblaridan ança past edi. Balki maydonda fidoyilik yetişmagandir, ammo bor holat şu. Şunga qaramay, jamoaga öyini uçun rahmat aytiş kerak”, deydi Guberniyev “Matç TV” dasturidan birida.

Agar transfer bölmasa, mundialning sport qiymati kamayadi

Bugungi futbol iqtisodiyotida Jahon çempionatining eng katta yutuqlaridan biri – futbolçilarning transfer qiymatini oşirişdir. Har bir mundialdan keyin önlab futbolçilar kuçli çempionatlarga yöl oladi. Skautlar aynan şu musobaqada yangi nomlarni izlaydi. Klublar millionlab yevrolik qarorlarni aynan Jahon çempionatidagi öyinlarga qarab qabul qiladi.

 

Özbekiston uçun ham asosiy mezonlardan biri şu bölişi kerak edi. Agar mundialdan keyin kamida ikki yoki uç nafar futbolçi Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya yoki Frantsiyaning Top-5 ligalariga yöl olsa, bu turnir sport nuqtai nazaridan özini oqlagan böladi. Çunki bunday transferlar nafaqat öşa futbolçilarning, balki butun Özbekiston futbolining nufuzini oşiradi. Yevropa klublari özbek futbol bozoriga jiddiyroq qaray boşlaydi, keyingi avlod futbolçilari uçun ham eşiklar oçiladi.

 

Agar bunday transferlar amalga oşmasa, unda oğriqli savol tuğiladi: mundial özbekistonlik futbolçilarga nima berdi?

  • Tarixiy suratlarmi?
  • Muxlislarning quvonçimi?
  • Yoki şunçaki “biz ham Jahon çempionatida öynadik” degan xotirami?

Professional futbol bunday hissiyotlar bilan yaşamaydi. Professional futbol natija va rivojlanişni talab qiladi.

Mundial ayrim futbolçilar uçun özini körsatiş imkoniyati böldi. Eng avvalo, himoyaçilar bosim ostida öynaş tajribasiga ega böldi. Kuçli hujumçilarga qarşi harakat qiliş ular uçun katta maktab vazifasini ötadi. Biroq hujum çiziğidagi futbolçilar haqida bunday deyiş qiyin. Ular na statistikasi, na öyini bilan Yevropa skautlarini hayratga sola oldi.

4 million yevrolik savol

Fabio Kannavaroning maoşi mundial davomida eng köp muhokama qilingan mavzulardan biri böldi. Xalqaro OAVda uning yillik maoşi 4 million yevroga yaqin ekani haqida xabarlar tarqaldi. Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bu raqamni rasman tasdiqlamagan bölsa-da, aynan şu summa keng muhokama qilindi. Ammo bu yerda asosiy masala pulning özi emas. Asosiy savol – bu loyiha Özbekiston futboliga nima berdi?

 

Agar murabbiy uzoq muddatli tizim yaratsa, yoş futbolçilarni rivojlantirsa va futbol falsafasini özgartirsa, katta maoş özini oqlaşi mumkin. Lekin agar loyiha faqat bir mundial bilan yakunlansa va şartnoma tugagaç murabbiy mamlakatni tark etsa, unda bu xarajat qanday baholanadi?

 

Fabio Kannavaro ertaga boşqa terma jamoa yoki klubni boşqarişi mumkin. Uning tarjimai holida esa “Jahon çempionatida işlagan murabbiy” degan yana bir muhim band paydo böladi. Ammo bunda Özbekiston futboliga foyda yöq. Faqat Kannavaroning rezyumesiga plyus, xolos. Mana şu savolga bugunning özida aniq javob yöq.

ÖFA javob berişi kerak bölgan savollar

Mundial yakunlangaç, tanqid faqat murabbiyga qaratilişi töğri bölmaydi. Asosiy savollarni Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga beriş vaqti ham keldi. Nega murabbiylar ştabida özbekistonlik mutaxassislar yöq edi? Nega bu loyiha mahalliy murabbiylar uçun tajriba maktabiga aylantirilmadi?

 

Axir Jahon çempionati nafaqat futbolçilar, balki murabbiylar uçun ham eng katta tajriba maktabi hisoblanadi. Ravşan Haydarov, Mirjalol Qosimov, Temur Kapadze yoki Islom Ismoilov kabi ertaga milliy terma jamoani boşqarişi mumkin bölgan nomlarga Kannavaroning yordamçisi sifatida mundilda işlaş imkoni berilmadi? 

Mundial nimani berdi?

Şunday qilib, Özbekiston 2026 yilgi Jahon çempionatidan uçta muhim yutuq oldi.

  • Birinçisi – tarix.
  • Ikkinçisi – tajriba.
  • Uçinçisi – dunyo futboli bilan öz darajasini taqqoslaş imkoniyati.

 Ammo yöqotilgan jihatlar ham kam emas. Futbolçilarning aksariyati öz transfer qiymatini sezilarli oşira olmadi, murabbiylar ştabining qarorlari köplab savollarni oçiq qoldirdi. Eng muhimi, Özbekiston hali Jahon çempionatiga çiqiş bilan Jahon çempionatida raqobatbardoş böliş örtasida katta masofa borligini his qildi. 

2026 yil Özbekiston futboli tarixida unutilmaydi. Ammo bu mundialning haqiqiy bahosi bugun emas, ikki-uç yildan keyin maʼlum böladi.

Agar şu davr içida ikki-uç nafar futbolçi Top-5 ligalarda öynaşni boşlasa, mahalliy murabbiylar xalqaro tajribani amalda qöllasa, yoşlar tizimida islohotlar davom etsa va milliy terma jamoa keyingi yirik turnirlarda bundan kuçliroq körinsa, 2026 yilgi mundial Özbekiston futboli uçun buriliş nuqtasi sifatida tarixda qoladi. Agar buning aksi yuz bersa, tarixiy iştirok faqat çiroyli xotiraga aylanadi. Çunki futbol tarixida eng qimmat sovğa – mundialga çiqiş emas. Eng qimmat sovğa — öşa mundialni buriliş nuqtasiga aylantiriş. Bugun Özbekiston futboli aynan mana şu tanlov oldida turibdi.


Teglar:
×