Özbekistonning raqibi Kolumbiya mundial uçun tarkibini eʼlon qildi

Özbekistonning raqibi Kolumbiya mundial uçun tarkibini eʼlon qildi

Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionatidagi raqibi Kolumbiya terma jamoasining mundial uçun kengaytirilgan tarkibi eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar berdi.


Maʼlum bölişiça, Özbekiston milliy jamoasining bölajak raqibi tarkibidan Xames Rodriges, Luis Dias, Kuadrado, Luis Suares kabi yulduzlar örin olgan.

Maʼlumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionatidagi ilk uçraşuvni joriy yilning 17-iyun kuni aynan Kolumbiya terma jamoasiga qarşi ötkazadi. Uşbu bahs Meksikadagi “Atsteka” stadionida bölib ötadi.


Kolumbiya 2022 yilda Qatar yaşil maydonlarida bölib ötgan mundialga çiqa olmagandi. Jamoa Janubiy Amerika saralaş bosqiçida 6-örinni egallab, mundial yöllanmasidan mahrum bölgan. Özbekiston ham öz tarixida ilk bor futbol böyiça Jahon çempionatida iştirok etmoqda.

Teglar:
×