Yöqolib ketgan mamontlar va boşqa hayvonlarni “qayta tiriltiriş” loyihalari bilan tanilgan AQŞning Colossal Biosciences biotexnologik startapi mutaxassislari sunʼiy tuxumlardan 26 ta jöjani muvaffaqiyatli çiqardi. Bu haqdagi tadqiqot “Phys” jurnalida eʼlon qilindi.
Oddiy tuxum pöçoği örniga olimlar 3D-printerda tayyorlangan plastik karkasdan foydalangan. Unga haqiqiy uruğlangan tuxum tarkibi – sariqlik, oqsil va embrion joylaştirilgan. Şundan keyin tuzilma inkubatorga qöyilgan.
Loyiha mualliflarining aytişiça, bu texnologiya kelajakda yöqolib ketgan ulkan quşlar embrionlarini yetiştirişga yordam berişi mumkin. Masalan, Janubiy moa quşi şular jumlasidan. U Yangi Zelandiyada yaşagan bölib, uning tuxumlari tovuq tuxumlaridan taxminan 80 baravar katta bölgan. Şu sababli zamonaviy quşlar ularni tabiiy tarzda bosib yota olmaydi.
Biroq ilmiy jamoatçilik bu loyihani ehtiyotkorlik bilan qabul qilgan. Ayrim biologlar taʼkidlaşiça, bu töliq maʼnodagi “sunʼiy tuxum” emas, balki içida tabiiy tarkib saqlangan plastik qobiq hisoblanadi.
“Bu sunʼiy tuxum emas, balki takomillaştirilgan sunʼiy pöçoq, xolos”, deydi Buffalo universiteti professori Vinsent Linç.
Olimlar yana şuni taʼkidlaşganki, hatto DNKni muvaffaqiyatli tahrirlaş orqali ham yöqolib ketgan turni töliq qaytarib bölmaydi. Amalda bu özgartirilgan genlarga ega zamonaviy hayvon böladi.
Texnik masalalardan taşqari, loyiha yana etika böyiça bahslarni ham kuçaytirgan. Tanqidçilar fikriça, yöqolib ketgan hayvonlarni “qayta tiriltiriş” uçun ajratilayotgan katta mablağlarni hozir yöqoliş xavfi ostida turgan turlarni saqlab qolişga sarflaş maqsadga muvofiqroq.









