22 yoşli yigit internet orqali özini qiz bola körsatib, AQŞda yaşovçi özbek bilan tanişadi hamda uni şantaj qiliş bilan qörqitib, $28 ming talab qiladi.
Maʼlum qilinişiça, Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tuğilgan hozirda Toşkent viloyati Böstonliq tumanida yaşovçi, 22 yoşli fuqaro ğarazli niyatda internet orqali ayol kişining rasmi va ismini qöyib, sahifa oçgan.
Söngra hozirda AQŞ davlatida yaşab kelayotgan, asli Samarqand viloyati Toyloq tumanidan bölgan fuqaro bilan avval döstona, keyin işqiy munosabatda suhbatlaşişgan. Dastlab, tovlamaçilik yöli bilan fuqarodan Toşkent viloyati Çirçiq şahridagi bank orqali 400 va 200 AQŞ dollarini qölga kiritgan. Qolaversa, internet saytlari orqali xabarlar va oilasidagi rasmlarni "skrinşot" va montaj qilib, yana 28 ming AQŞ dollarini tovlamaçilik yöli bilan talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tezkor suriştiruv işlari olib borilib, Samarqand viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati tomonidan fiirbgar yigit Toşkent viloyatida qölga olingan.
Hozirda uşbu şaxsga nisbatan JKning 165-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









