Birovning raqamiga telegram kanal oçib, hayosiz rasm va videolar tarqatgan şovvoz uşlandi

Birovning raqamiga telegram kanal oçib, hayosiz rasm va videolar tarqatgan şovvoz uşlandi

23 mart kuni içki işlar organlariga Toşkent şahri, Yaşnobod tumanida yaşovçi fuqaro D.S. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali «Aqilli fayzik» profili yordamida, xotin-qizlarning telefon raqamlari, turli xil pornografik şakldagi foto va videolavhalar joylaştirilgan, inson qadr-qimmatini kamsituvçi uyatsiz va buzuq haqoratli sözlar yozilgan «UZB KAYF GOLD» nomli Telegram kanalida özi foydalanib kelayotgan telefon raqamini «Asalhone 2» nomi bilan qöyib, tarqatib yuborgan nomaʼlum şaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Uşbu holat yuzasidan IIV Tezkor qidiruv hamkorligi boşqarmasi hamda Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, yuqoridagi noqonuniy harakatlar Andijon viloyati Marhamat tumanida yaşovçi X.F. ismli fuqaro tomonidan sodir qilingani aniqlangan.  

Suriştiruv davomida maʼlum bölişiça, mazkur fuqaro özi foydalanib kelayotgan «MI-6» rusumli telefonidan oçilgan Telegram messenjeridagi «Aqilli fayzik» profili yordamida «UZB KAYF GOLD» nomli Telegram kanali oçib, bir neça fuqarolarni telefon raqamlarini, turli xil pornografik şakldagi foto va videolavhalarni joylaştirib kelayotganligi aniqlangan. X.F. ismli fuqaro bilan ötkazilgan suhbat davomida, u haqiqatdan ham arizaçiga tegişli bölgan telefon raqamini «Asalhone 2» nomi bilan nomlab, inson qadr-qimmatini kamsituvçi uyatsiz va buzuq haqoratli sözlar yozilgan holda «UZB KAYF GOLD» nomli Telegram kanalida tarqatganligi aniqlangan.

Tekşiruv davomida mazkur fuqaro tomonidan foydalanib kelayotgan «MI-6» rusumli telefon apparati xolislar iştirokida tekşirilganida, «UZB KAYF GOLD» nomli Telegram kanalida, bir neça fuqarolarning telefon raqamlari, turli xil pornografik şakldagi foto va videolavhalar joylaştirilganligi aniqlanib, uşbu telefon apparati qöşimça tekşiriş uçun daliliy aşyo sifatida olingan.

20 aprel kuni Andijon viloyati, Marhamat tumani Maʼmuriy sudi tomonidan X.F. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41- va 189-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, mazkur Kodeksning 34-moddasiga asosan huquqbuzarga uzil-kesil bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlanib, unga tegişli bölgan «MI-6» rusumli telefon apparati davlat foydasiga musodara qilingan.

×