Isroil vaziri Falastin bayroğini kötargani uçun Yamalni tanqid qildi

Isroil vaziri Falastin bayroğini kötargani uçun Yamalni tanqid qildi

Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats “Barselona” hujumçisi Lamin Yamalni Falastin bayroğini kötargani uçun keskin tanqid qildi. Bu haqda vazir özining X ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.


“Barselona” yetakçilaridan biri bölgan Lamin Yamal 11 may kuni jamoaning çempionlik paradi vaqtida Falastin bayroğini hilpiratgan. Şundan söng Isroil Mudofaa vaziri futbolçini “Isroilga qarşi nafrat qözğatişda” ayblagan.

Kats ijtimoiy tarmoğida yozişiça, Yamal “Isroilga qarşi gijgijlaş va nafratni kuçaytiriş bilan şuğullanişni tanlagan”, holbuki Isroil askarlari HAMASga qarşi uruş olib bormoqda.

“Bunday bayonotlarni qöllab-quvvatlaydigan har kim özidan söraşi kerak: bu uning nazarida insonparvarlikmi? Bu axloqiymi?” deb yozgan Kats va “Barselona” klubini futbolçi harakatlarini qoralaşga çaqirgan.

Lamin Yamal çempionlik paradida oçiq tomli avtobus ustida Falastin bayroğini kötargan holda köringan. Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga köra, paradga qariyb 750 ming kişi yiğilgan.

Yamal musulmon diniga eʼtiqod qiladi. Uning otasi Marokaşdan, onasi esa Ekvatorial Gvineyadan. Parad ortidan futbolçi Falastin bayroği bilan tuşgan suratini Instagram sahifasiga ham joylaştirgan.

Bu mavsumda Yamal “Barselona” safida barça musobaqalarda 45 ta öyinda 24 ta gol urib, 18 ta assist qayd etgan. Mavsum oxirida esa jarohat oldi.

Ispaniya hukumati ham Isroilning Ğazodagi harakatlarini muntazam tanqid qilib kelmoqda.


×