Qozoğistonning Manğistau viloyatidagi sobiq prezident qarorgohidagi 226 gektar yer bolalar ehtiyojlari uçun emas, balki stadion, masjid va turarjoylar qurilişi uçun berilişi mumkin. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Qayd etilişiça, mamlakatdagi sobiq prezidentning bir neçta qarorgohlarini bolalar ehtiyojlari uçun topşiriş taşabbusi 2023 yil fevralida boşlangan edi. Öşanda Kostanay, Taraz, Oqtau, Otirau va Oqtöbe şaharlaridagi qarorgohlarini bolalar ehtiyojlari uçun beriş rejalaştirilgan.
Manğistau viloyatidagi sobiq prezidentning qiymati 1 milliard tengega teng qarorgohi Kaspiy dengizi sohilida, Oqtau şahri çekkasida joylaşgan. Asosiy binoga yaqin joyda kökalamzor hudud, asfalt yöl va hatto vertolyot maydonçasi mavjud. Dengizga töğridan-töğri çiqiş uçun qirğoqda kiçik bino va qayiq uçun töxtaş joyi bor.
2023 yilning fevralida taşabbus eʼlon qilingaç, Manğistau hokimligi bu qarorgohni bolalarga beriş ustida iş boşlaganini bildirgan edi. Ammo keyinroq maʼlum bölişiça, yer xususiy mulkda bölgan. Öşa yilning avgust oyida rasmiylar hududni davlat tasarrufiga qaytarişga erişganini maʼlum qilgan.
2024 yil dekabrida esa, bu yerda 10 ming örinli stadion, masjid, bolalar maydonçalari va kiçik hamda örta biznesni rivojlantiruvçi obʼektlar qurilişi rejalaştirilgani maʼlum qilingan.









