Amaldagi çempion Gukeş Dommaraju (Hindiston) va daʼvogar Javohir Sindorov (Özbekiston) örtasidagi şaxmat toji uçun bahs joriy yilning 23 noyabridan 17 dekabriga qadar bölib ötadi. Bu haqda Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) xabar berdi.
Bölajak qarama-qarşilik şaxmat tarixidagi jahon çempionligi uçun eng “yoş” bahsga aylanadi – öyin boşlanişi arafasida har ikki sportçi ham 20 yoşda böladi.
Uçraşuvning minimal mukofot jamğarmasi 2,5 million dollarni taşkil etadi. Tadbirning umumiy byudjeti esa 8,5 million dollarga baholanmoqda.
Amaldagi jahon çempioni Dommaraju 2024 yil dekabr oyida Singapurda bölib ötgan bahsning 14-partiyasida xitoylik Ding Lijenni mağlub etib, unvonga ega çiqqan edi. 18 yoşida u Garri Kasparovning 1985 yilda 22 yoşida Anatoliy Karpovni mağlub etib örnatgan rekordini yangiladi va FIDE tarixidagi eng yoş jahon çempioni böldi.
Uning raqibi, özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov Kiprning Pafos şahrida ötkazilgan 2026 yilgi daʼvogarlar turnirida muddatidan avval ğalabani taʼminladi. U turnirni birorta ham mağlubiyatsiz, 6 ta ğalaba va 8 ta durang bilan, mumkin bölgan 14 oçkodan 10 oçko töplagan holda yakunladi.
Bahs reglamenti 2026 yil 1 iyulgaça tasdiqlanişi lozim. Tadbirni ötkaziş böyiça arizalarni qabul qiliş esa 31 may kuni yakunlanadi.









