Özbekistonda Prezident saylovining sanasi maʼlum böldi

Özbekistonda navbatdagi prezident saylovlari 2021 yil 24 oktyabrda bölib ötadi. Bu haqda bugun Özbekiston parlamenti Qonunçilik palatasi birinçi vitse-spikeri Akmal Saidov TASSga xabar berdi.

“Qonunçilik palatasi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasiga muvofiq, respublikada navbatdagi prezident saylovlari 2021 yil dekabr oyining uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida emas, balki şu yilning 24 oktyabrida bölib ötadi. 5 fevral kuni Qonunçilik palatasi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi Senat tomonidan maʼqullanişi kutilmoqda”, deydi Akmal Saidov.

×