Özbekistonlik UFC jangçisi Nursulton Röziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni ötkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Öşa kuni Röziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga çiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi.
32 yoşli Faxretdinov MMA'da juda yaxşi statistikaga ega. U şu vaqtga qadar 25 ta jang ötkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi jangini UFC on ABC 6 turniri doirasida ötkazib, daniyalik Nikolas Dalbini mağlubiyatga uçratgan.
30 yoşli Röziboyev MMA'da 43-34-9 rekordga ega. U oxirgi jangini şu yil may oyida UFC on ESPN 56 turniri doirasida amerikalik Xoakin Bakliga qarşi ötkazib, hakamlar qaroriga köra imkoniyatni boy bergandi.









