Qozoğistonning Turkiston viloyatida boşlangan Sarioğaş aylanma yöli qurilişi Özbekistonga avtomobilda qatnovni tezlaştirişi kutilmoqda. Bu haqda Qozoğiston Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, mazkur loyiha Turkiston viloyatida tranzit transportini şahar taşqarisiga çiqarib, içki yöllardagi yuklamani kamaytiradi hamda Özbekiston yönalişida harakatni yanada tezlaştiradi.
Loyiha doirasida uzunligi 102,6 kilometrni taşkil etuvçi tört polosali zamonaviy avtomobil yöli quriladi. Yöl xalqaro standartlarga mos bölib, transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanişini taʼminlaydi.
Hozirda viloyatda respublika ahamiyatidagi avtomobil yöllari uzunligi 678 kilometrni taşkil etadi. Umumiy uzunligi 99,2 km bölgan 5 ta kapital va örta taʼmirlaş loyihasi amalga oşirilmoqda. Bu loyihalar doirasida asosiy yönalişlarda transport çorrahalari va köpriklar ham rekonstruktsiya qilinmoqda.
Joriy yilda yana 103 km uzunlikdagi Çimkent – Qizilörda avtomobil yölida 5 ta qöşimça örta taʼmirlaş loyihasi rejalaştirilgan. Uşbu yölda avtomatlaştirilgan harakat nazorati tizimlari örnatilişi aytilgan.
Loyihalarning kompleks amalga oşirilişi natijasida zamonaviy, xavfsiz yöl tarmoği şakllanadi, hududda transport xizmati sifati yaxşilanadi va Qozoğistonning Markaziy Osiyodagi tranzit salohiyati yanada kuçayadi.









