Eron Hormuz böğozini oçiş uçun şartlarini aytdi

Eron Hormuz böğozini oçiş uçun şartlarini aytdi

Eron maʼlum şartlar bajarilgan taqdirda Hormuz böğozi orqali kemalar harakatini tiklaşga tayyor. Bu haqda “Tasnim” axborot agentligi xabar berdi.


Xabarda aytilişiça, böğoz faoliyatini qayta tiklaş quyidagi şartlarga boğliq:

  • sanktsiyalarning kafolatli bekor qilinişi;
  • Amerika Qöşma Ştatlari harbiy bazalarining yopilişi;
  • muzlatilgan Eron aktivlarining blokdan çiqarilişi;
  • dollardan taşqari valyutalarda savdoni rivojlantiriş.

Tehron avvalroq Amerika Qöşma Ştatlari va Isroilning Eronga qarşi harbiy amaliyotida qatnaşmayotgan ayrim davlatlar kemalariga Hormuz böğozi orqali ötişga ruxsat berilganini maʼlum qilgan.

Eron Taşqi işlar vazirligi vakili Ismoil Bağoiy böğoz töliq yopilmaganini, ammo u orqali kemalar harakati faqat maʼlum şartlar asosida amalga oşirilayotganini taʼkidlagan. U bu şartlarning aniq tafsilotlarini oşkor qilmagan.

Bundan avval yuqori lavozimli eronlik amaldor CNN telekanaliga bergan intervyusida Tehron neft tankerlarini çeklangan tarzda ötkaziş imkoniyatini körib çiqayotgani, bunda yuklar Xitoy yuani orqali savdo qilinişi mumkinligini aytgan.

Eronning Islom inqilobi qöriqçilari korpusi esa ayrim davlatlar kemalarining böğozdan ötişi uçun Amerika Qöşma Ştatlari va Isroil elçilarini çiqarib yuboriş şarti qöyilganini bildirgan.

Maʼlumot uçun, Hormuz böğozi orqali dunyo neftining qariyb 20 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning 30 foizigaça qismi ötadi. Şu sababli u dunyodagi eng muhim energetik yöllardan biri hisoblanadi.

Amerika Qöşma Ştatlari va Isroil Eronga qarşi harbiy amaliyotni boşlaganidan söng, Eron amalda Hormuz böğozi orqali kemalar harakatini çeklab qöydi. Oqibatda, Fors körfazi davlatlaridan çiqadigan yoqilği taşuvçi tankerlar harakatining qiyinlaşuvi sabab, dunyoda energiya narxlari keskin oşdi.


×